Qoʻqon aeroporti
| Qoʻqon aeroporti | |||
|---|---|---|---|
| IATA kodi: OQN – ICAO kodi: mavjud emas | |||
| Qisqacha bayon | |||
| Aeroport turi | Fuqarolik | ||
| Egasi | |||
| Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
| Xizmat doirasi | Qoʻqon | ||
| Joylashuvi | Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston | ||
| Koordinatalari | 40°26′53″N 70°59′21″E / 40.44806°N 70.98917°E | ||
| Xarita | |||
| | |||
| Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
| Uzunligi | Yuzasi | ||
| m | ft | ||
| 25/07 | 2 000x60 | 6,562 × 197 | asfalt |
Qoʻqon aeroporti – Oʻzbekistonning sharqiy qismidagi Qoʻqon shahrida joylashgan va u yaqin aholi punktlariga xizmat koʻrsatuvchi aeroport hisoblanadi. Aeroport 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston havo kuchlari tomonidan qoʻllanila boshlandi va 2024-yildan esa butun respublika boʻylab ichki yoʻlovchi qatnovlari tiklandi.
Tarixi
| ]Aeroport birinchi 1977-yilda ochilgan. Oʻzbekiston SSR paytida Qoʻqon – Toshkent, Qoʻqon – Namangan, Qoʻqon – Fargʻona, Qoʻqon – Leninobod (hozirgi Xoʻjand), Qoʻqon – Andijon yoʻnalishlari boʻyicha qisqa masofalarga qatnov yoʻlga qoʻyilgan.
2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchish-qoʻnish yoʻlagi sifatida foydalanilgan.

Qoʻqon aeroportini rekonstruksiya qilish 2024-yil mart oyida yakunlandi. Birinchi texnik reys 20-mart kuni „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining Airbus A320neo samolyotida Toshkentdan amalga oshirildi. Ekipaj aʼzolari – uchuvchilar Amrillo Nutfullaev, Bektemir Gereev va Sergey Bikovlar boshqaruvidagi samolyot yangilangan Qoʻqon aeroportiga qoʻndi .
Ilk koʻrgazmali yoʻlovchi reys 2024-yil 22-mart kuni yangilangan aeroportdan “Silk Avia” aviakompaniyasi tegishli ATR 72-600 samalyotida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz amalga oshirildi.
Muntazam yoʻlovchi reyslari 2024-yil 1-apreldan „Silk Avia“ aviakompaniyasi brendi ostida „Uzbekistan Helicopters“ ga tegishli Let L-410UVP-E20 samolyotlarida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.
Xizmatlar
| ]- Yuklarni saqlash
- Yuklarga ishlov berish
- Yuk egalariga xabar berish
- Yuklari maʼlumoti bilan tanishish
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
| ]| Aviakompaniya | Manzillar |
|---|---|
| Silk Avia | Buxoro, Termiz, Toshkent |
Manbalar
| ]- „Silk Avia Toshkentdan Qo‘qonga birinchi aviaqatnovini amalga oshirdi“ (uz). www.uzairways.com. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- „Qo'qon aeroporti“.
- „Qo‘qon aeroportida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. U birinchi parvozni amalga oshirdi“ (uz). Podrobno.uz. 2024-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- „Qo‘qon aeroporti ochildi. Video“ (uz). Podrobno.uz. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- „Uzbekistan Airways Qo‘qon aeroportiga texnik aviaqatnov amalga oshirdi“ (uz). www.uzairways.com. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- „Silk Avia oktabrdan O‘zbekiston bo‘ylab uchta yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda (US-462 reysi har seshanba)“. Spot.uz. Afisha Media (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 25-mart 2025-yil.
Havolalar
| ]Qoʻqon aeroporti
| Aeroportga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekiston aeroportlari
- Aeroportga oid chala maqolalar
- Sovet Ittifoqida qurilgan aeroportlar
- Qoʻqon bino va inshootlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qoʻqon aeroporti haqida, Qoʻqon aeroporti nima? Qoʻqon aeroporti nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!