Zomin aeroporti (IATA: OMN, ICAO: -) — Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi aeroport. Aeroport 2023-yilning 1-sentabr kuni ochilgan. Aeroportning umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 200 dan ortiq xodim ishlaydi. „Tres 001“ qurilish tashkiloti tomonidan aeroport bunyod etilgan boʻlib, uning terminali 30 yoʻlovchiga xizmat qilish uchun moʻljalangan. Aeroport majmuasi uzunligi 1,2 kilometr boʻlgan asfalt uchish-qoʻnish yoʻlagi, ikkita samolyot saqlash uchun maxsus joy, kuzatuv minorasi va toʻgʻridan-toʻgʻri aeroport binosi bilan jihozlangan boʻlib, u yerda yerusti xizmatlari (umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar) joylashgan boʻlib, katta zal yoʻlovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi. Ilik parvozni Zomin aeroportida LET L-410 samolyoti boshlab berdi. Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 samolyoti 19 nafar yoʻlovchini tashish quvvatiga ega. 1-sentyabr kuni u Toshkent mahalliy aeroportidan uchgan LET L-410 samolyoti Zominga ilk reysini amalga oshirdi. Parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etdi. Oʻsha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 biznes-jeti samolyoti ham Yangi Zomin aeroportiga uchib keldi. 1-sentyabr kungi ochilish marosimida, viloyat, tuman, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbarlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Zomin aeroportining ochilish marosimida 2017—2024-yillardagi viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashdi va tantanali marosimni ochib berdi.
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!