Sariosiyo aeroporti
| Sariosiyo aeroporti | |||
|---|---|---|---|
| IATA kodi: SRS – ICAO kodi: UTSR | |||
| Qisqacha bayon | |||
| Aeroport turi | Fuqarolik | ||
| Egasi | |||
| Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
| Xizmat doirasi | Surxondaryo | ||
| Joylashuvi | Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston | ||
| Dengiz sathidan balandligi | 5 774,27 ft / 1 760 m | ||
| Koordinatalari | 38°24′27.606″N 67°56′45.516″E / 38.40766833°N 67.94597667°E | ||
| Xarita | |||
| | |||
| Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
| Uzunligi | Yuzasi | ||
| m | ft | ||
| 07/25 | 1,550 | 5,090 | asfalt |
| Manba: | |||
Sariosiyo aeroporti (IATA: SRS, ICAO: UTSR) – Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aeroport.
Tarixi
| ]2023-yil 16–17-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifi buyurgan. Tashrif davomida prezident 2024-yilning 1-yanvardan boshlab, Surxondaryo viloyatning Sariosiyo tumanidan ATR-72, Let L-410 yoki undan kichik turdagi havo kemalari orqali mahali aholi va turistlar uchun mahalliy yoʻnalishlarda reyslarni yoʻlga qoʻyish topshirigʻini berilgan. 2024-yil 5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, „Uzbekistan airways“ AJ va „Uzbekistan airports“ AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni Let L-410 havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirgan.
2024-yil 29-aprel kuni Silk Avia aviakompaniyasi ATR-72−600 samolyotida Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida birinchi texnik parvozni amalga oshirdi.
Texnik imkoniyatlari
| ]Aerodrom majmuasi uchish-qoʻnish yoʻlagi ATR-72 rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qila oladi va uchira oladi. 2024-yilgi taʼmirlash doirasida aerodromning sunʼiy sirtqi qismi kapital taʼmirlanib, uzunligi 1,550 metr (5,090 ft), eni 35 metr (115 ft) boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻylab ikki qatlamda, yurish yoʻlagi hamda ikkita ATR-72−600 samolyoti uchun toʻxtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.
Hozirda 100 nafargacha yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilishi davom ettirilmoqda.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
| ]2024-yil 30-maydan boshlab Silk Avia Sariosiyo aeroportidan haftada ikki marta chorshanba (US761/762 reysi) va juma (US761/762) kunlari Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnovlar amalga oshirilishini eʼlon qildi.
| Aviakompaniya | Manzillar |
|---|---|
| Silk Avia | Toshkent |
Manbalar
| ]- Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
- „2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- „Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- „Aviaqatnovlar Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga tiklanadi, Zomin aeroportiga yoʻlga qoʻyiladi“. yuz.uz. yuz.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- „Sariosiyo aeroporti rekonstruksiyadan keyingi birinchi texnik reysini qabul qildi. Foto“. Spot.uz. Afisha Media (2025-yil 29-aprel). Qaraldi: 5-may 2025-yil.
- „Toshkentdan Sarosiya tomon Silk Avia bilan uchamiz!“. Silk Avia. Silk Avia (2025-yil 2-may). Qaraldi: 5-may 2025-yil.
| Aeroportga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekiston aeroportlari
- Aeroportga oid chala maqolalar
- Sariosiyo tumani
- Surxondaryo viloyati bino va inshootlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sariosiyo aeroporti haqida, Sariosiyo aeroporti nima? Sariosiyo aeroporti nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!