Shavkatxoʻja Abdurahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shavkatxoʻja Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shavkatxoʻja Abdurahmonov
Tavallud sanasi 14-avgust 1968-yil (1968-08-14) (57 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Hujumchi, yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1994 Semetey (Qizil-Qiya) 64 (56)
1995—1996 Atlaschi 43 (11)
1996 Neftchi (Fargʻona) 12 (1)
1997—1998 Navbahor 35 (4)
1999—2001 Andijon 94 (2)
2002 Qizil-Qiya 15 (5)
Milliy terma jamoa
1992 Qirgʻiziston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shavkatxoʻja Abdurahmonov (1968-yil 14-avgustda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik futbolchi, shuningdek, Oʻzbekiston fuqaroligiga ega, hujumchi va yarimhimoyachi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan. 1994-yil Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan.

Tarjimai holi

| ]

Sovet davrida ustalar musobaqalarida oʻynamagan.

Qirgʻiziston mustaqil chempionati tashkil etilgandan soʻng, „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oliy ligada oʻynay boshlagan. Dastlabki uch mavsumda milliy chempionatning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlib, 64 oʻyinda 56 gol urgan, 1992-yilda toʻpurarlar bahsida ikkinchi (20 gol), 1994-yilda uchinchi oʻrinni (17 ta gol) egallagan. 1993-yilda kuchli oʻntalikka kirgan (19 ta gol). 1994-yilda oʻz klubi bilan chempionatning kumush medali sohibiga aylangan va mavsum yakunida Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

1995-yildan Oʻzbekiston oliy ligasida „Atlaschi“ (Margʻilon), „Neftchi“ (Fargʻona), „Navbahor“ (Namangan), „Andijon“ klublarida toʻp surgan. „Neftchi“ tarkibida 1996-yilda yarim mavsum oʻtkazib, chempionat kumush medali sohibi va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylangan. „Navbahor“ tarkibida ikki karra bronza medali sohibi (1997, 1998), 1998-yilgi mamlakat Kubogi sohibi boʻlgan.

Faoliyati yakunida „Qizil-Qiya“ga qaytib, yana bir mavsumni mahalliy klubda oliy ligada oʻtkazgan.

Umuman olganda, faoliyati davomida Qirgʻiziston oliy ligasida 79 ta oʻyin oʻtkazib, 61 ta gol urgan, Oʻzbekiston oliy ligasida 184 ta oʻyin oʻtkazib, 18 ta gol urgan.

Qirgʻiziston terma jamoasida 1992-yil 25-oktyabrda Markaziy Osiyo kubogi doirasida Qozogʻistonga qarshi yagona oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar

| ]
  1. Kazaxstan 2:0 Kirgiziya

Havolalar

| ]
  • Shavkatxoʻja Abdurahmonov Footballfacts saytida futbolchi profili
  • Shavkatxoʻja Abdurahmonov National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shavkatxoʻja Abdurahmonov haqida, Shavkatxoʻja Abdurahmonov nima? Shavkatxoʻja Abdurahmonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan