Emil Kenjisariyev

Emil Rinatovich Kenzhesariyev (qirgʻizcha: Эми́ль Рина́тович Кенжисари́ев, 1987-yil 26-mart, Bishkek) – qirgʻizistonlik / qozogʻistonlik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubida himoyachi sifatida oʻynagan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida oltita gol urib, eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Emil Kenzhesariyev
image
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-mart 1987-yil (1987-03-26) (38 yosh)
Tavallud joyi Bishkek, Qirgʻiziston SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2005 en:Abdish-Ata Kant 46 (21)
2005 FC Cesna 10 (6)
2006–2007 Astana 58 (8)
2008–2011 Aktobe 113 (18)
2011–2012 Bunyodkor 6 (0)
2012–2013 Aktobe 25 (3)
Milliy terma jamoa
2004 Qirgʻiziston 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2014-yil 18-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 18-noyabr uchun)

Futbolchilik faoliyati

Emil 2003-yilda Bishkek Olimpiya jamoasi tarkibida Qirgʻiziston chempionatida debyut qilgan. „Abdish-Ata“ (Kant) klubiga oʻtib, 2004-yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2005-yil yanvar oyida „Norin Dordoy-Dinamo“ tarkibida 2005-yilgi Hamdoʻstlik chempionlari kubogida ishtirok etgan. 2005-yilning 22-mayidan 4-iyuniga qadar Xoshimin shahrida (Vyetnam) futzal boʻyicha boʻlib oʻtgan VII Osiyo chempionatida Emil va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan. 2005-yilda Bishkekdagi oʻrta maktabni tugatib, oʻsha yilning yozida Olmaotaga koʻchib oʻtgan. Qozogʻistondagi dastlabki mavsumini birinchi ligasining „Sesna“ jamoasida o'ynagan.

2006—2007-yillarda Qozogʻiston oliy divizionining „Astana“ klubida oʻynagan va jamoa bilan 2006-yilda Qozogʻiston chempioni boʻlgan (barcha 30 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan).

2008-yildan 2013-yilgacha „Aktobe“ jamoasida oʻynagan. Aqtoʻbe jamoasi bilan uch marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan (2008—2009 va 2013). 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi va ikkita Superkubogi (2008 va 2010) sohibi boʻlgan.

2009-yilda u Qirgʻiziston fuqaroligini Qozogʻiston fuqaroligiga oʻzgartirgan. 2012-yil yanvar oyida u Rossiya Premyer-ligasining „Rostov“ klubi bilan mavsum oldi mashgʻulotlarda qatnashgan, ammo yakunda jamoaga mos kelmagan. 2012-yil amsvum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Ammo bor yoʻgʻi 6 ta oʻyin oʻtkazib, yozda yana Aqtoʻbega qaytgan.

Terma jamoadagi faoliyati

2005-yilda Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasi tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan.

Qirgʻiziston terma jamoasi safida 3 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan. Intervyuda Emil Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashni xohlashini tan olgan. Ammo Emil boshqa terma jamoada oʻynagani uchun oʻynay olmagan.

Futbolchiga hujum

UEFA Yevropa Ligasining saralash bosqichida gʻalaba qozongach, qisqa muddatli taʼtil olgan. Emil taʼtilni Olmaota va Qirgʻizistonda oʻtkazish niyatida edi. 2013-yilning 10-avgustidan 11-avgustiga oʻtar kechasi Kenjisariyev Olmaota shahridagi Jambil va Abilayxon koʻchalari kesishmasida hushsiz holatda topilgan. 2013-yilning 11-avgustida Qozogʻistonning Olmaota shahrida Kenjesariyevga hujum qilingan va koma holatida kasalxonaga yotqizilgan. Qozogʻiston matbuotida uning boshidan jarohat olgani uchun operatsiya qilingani, komada qolgani, ammo ahvoli yaxshilanib borayotgani aytilgan. Oxir-oqibat, u sentyabr oyi oxirida kasalxonadan chiqqan. Qozogʻiston chempionatining 23-turidan oʻrin olgan barcha oʻyinlarda Emilning tezroq sogʻayib ketishini tilagan bannerlar osilgan.

Murabbiylik faoliyati

2017-yil oktabr oyida Kenjisariyev Qirgʻiziston Respublikasi futbol federatsiyasining Futbol markazida murabbiylik kursini tamomlab, bolalar va oʻsmirlar jamoalarida murabbiy sifatida ishlash huquqini beruvchi „D“ murabbiylik litsenziyasi sohibi boʻlgan.

Yutuqlar

Jamoaviy

  • Qozogʻiston chempioni (4): 2006, 2008, 2009, 2013
  • Qozogʻiston kubogi gʻolibi : 2008
  • Qozogʻiston Superkubogi gʻolibi (2): 2008, 2010

Individual

  • Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi (1): 2004
  • Qozogʻiston Premer-ligasining 33 ta eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (1): 2011
  • MDH kubogi eng yaxshi toʻpurari: 2010 (6 gol)

Manbalar

  1. „КЕНЖИСАРИЕВ МОЖЕТ ИГРАТЬ ЛИШЬ ЗА ОДНУ СБОРНУЮ — СБОРНУЮ КЫРГЫЗСТАНА“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  2. „Эмиль Кенжисариев: «Врагу не пожелаешь того, что произошло в Киргизии»“. 2010-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  3. Uroven Kenjisarieva ne ustroil Balaxnina[sayt ishlamaydi]
  4. Kenjisariev stal futbolistom „Bunedkora“ (Wayback Machine saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan)
  5. Viktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 99. ISBN 978-5-604-10716-4
  6. Emil Kenjisariev: „Ya uje neodnokratno govoril, chto xotel bi vistupat v sbornoy Kazaxstana“
  7. Emil Kenjisariev: „Vot tak i poluchaetsya, chto ya igrok bez sbornoy“
  8. „В Алматы жестоко избили защитника «Актобе»“. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  9. „"Aktobe defender Emil Kenzhesariev is in a coma"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  10. „"Актобе" вакили Кенжисариев комада“. 2023-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  11. „"Emil Kenzhisariev had a second operation"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  12. „Kenzhesariev discharged from hospital“
  13. „Экс-игрок «Актобе» Кенжисариев получил тренерскую лицензию категории «D»“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.

Havolalar

  • Emil Kenjisariyev National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Emil Kenjisariyev haqida, Emil Kenjisariyev nima? Emil Kenjisariyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan