Nikolay Mikluxo-Maklay
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay (1846.5.(17).7, Rojdestvenskoye selosi, Novgorod viloyati — 1888.2(14).4, Peterburg — rus sayyohi, antropolog va etnograf.
Yevropa universitetlarida oʻqigan. 1855—1867 yillarda Kanar orollari va Marokashga sayohat qilgan. Dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari dengiz hayvonlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Malay arxipelagi, Malakka yarim oroli, Okeaniya orollari va Avstraliyaga qilgan sayohatlarida oʻsha joylarning relyefi, meteorologiyasi, dengizlarini tavsiflagan. Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Tinch okeanidagi orollarda yashovchi tub joy aholisining madaniyati, turmushi, antropologiyasi va etnografiyasini oʻrgangan. Bir necha yil Yangi Gvineya orol sohilida va Avstraliyaning Sidney shahrida yashab ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1886-yil Avstraliyadan Rossiyaga qaytgan.
Mikluxo-Maklay antropologiya va etnografiya tadqiqotlariga asoslanib, inson zotining birligi va odam irqlarining oʻzaro qardosh ekanligi gʻoyasini ilgari surdi. U oʻsha vaqtda Yangi Gvineya aholisi (papuaslar)ning boshqa irqlardan farq qiladi degan qarashni inkor etdi. Mikluxo-Maklayning sayohat kundaligi 1923-yil nashr etilgan. M.-M. nomi 1947-yil Rossiya Fanlar akademiyasi Etnografiya institutiga berilgan.
Adabiyotlar
| ]- Sobr. soch., t. 1-5, M.-L., 19501954.
Manbalar
| ]- "Mikluxo-Maklay Nikolay Nikolayevich" OʻzME. M-harfi (Wayback Machine saytida 2021-08-30 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Rossiya kishilari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Etnologlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nikolay Mikluxo-Maklay haqida, Nikolay Mikluxo-Maklay nima? Nikolay Mikluxo-Maklay nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!