Nikolay Rimskiy-Korsakov

Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov (18-mart 1844-yil, Tixvin — 21-iyun 1908-yil, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog, dirijyor, musiqa jamoat arbobi. “Qudratli toʻda”ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasida professor (1871-yildan). “Qor qiz” (1881), “Sadko” (1896), Shoh “Sulton haqida ertak” (1900), “Oltin xoʻrozcha” (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan.

image
Valentin Serov tomonidan 1898-yilda chizilgan portreti

Tarixiy mavzularga asoslangan “Pskovlik qiz” (1872), “Shoh qayligʻi” (1898) va boshqa operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. Rimskiy-Korsakov — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi “Antar” (1868) va “Shahrizoda” (1888), “Ispancha kaprichchio” (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta “Rus xalq qoʻshiqlari” toʻplami (1877, 1882), “Garmoniyadan amaliy darslik” (1886), “Orkestrlash asoslari” (1913) va boshqa asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi.

Manbalar

  1. "Rimskiy-Korsakov Nikolay Andreyevich" OʻzME. R-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nikolay Rimskiy-Korsakov haqida, Nikolay Rimskiy-Korsakov nima? Nikolay Rimskiy-Korsakov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan