Abdumajid Toirov
Abdumajid Toirov (1974-yil 5-avgustda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdumajid Toirov | ||
| Tavallud sanasi | 5-avgust 1974-yil | ||
| Tavallud joyi | Surxondaryo viloyati Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi (yoshlar kordinatori) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1996—1999 | Surxon Termiz | 60 | (2) |
| 2000—2005 | Neftchi Fargʻona | 165 | (12) |
| 2006 | Toʻpalang Sariosiyo | 27 | (4) |
| 2007 | Quruvchi | 22 | (0) |
| 2008 | OTMK Olmaliq | 28 | (1) |
| 2009 | Xorazm Urganch | 29 | (0) |
| 2010 | Andijon | 20 | (0) |
| 2011—2013 | Navbahor Namangan | 56 | (1) |
| 2013 | Neftchi Fargʻona | ||
| 2014 | NBU-Osiyo | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000 | Oʻzbekiston | 4 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2025— | Neftchi (yoshlar kordinatori) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-fevral 2019-yil uchun) | |||
Futbolchilik faoliyati
U 21 yoshida Oʻzbekiston oliy ligasida debyutini 1996-yili ASK (Termiz) klubida oʻtkazgan, keyinchalik nomi „Surxon“ga oʻzgartirilgan. U klub bilan toʻrt mavsumni oʻtkazdi va 60 ta oʻyin oʻtkazgan. 2000-yilda u oʻsha davrning eng kuchli klublaridan biri – Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq oʻyinda maydonga tushdi. 2001-yilda mamlakat chempioni va mamlakat chempionatining toʻrt karra kumush medali sovrindori, uch karra Oʻzbekiston kubogi finalchisi boʻlgan.
2006-yili „Toʻpalang“ (Sariyosiyo) jamoasida oʻynagan. 2007-yilda oliy ligada debyut mavsumini oʻtkazgan Toshkentning „Quruvchi“ (keyinchalik – „Bunyodkor“) jamoasiga koʻchib oʻtdi va shu klub bilan chempionat kumush medali sohibi va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi. Bir necha yil chempionatning oʻrtamiyona jamoalari- „AGMK“ (Olmaliq), Xorazm (Urganch), „Andijon“ jamoalarida toʻp surgan. 2011—2013-yillarda „Navbahor“ (Namangan) safida ikki yarim mavsum oʻtkazgan. 2013-yilgi mavsumni oʻzining sobiq jamoasi Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻtkazdi, ammo maydonga tushmagan.
Faoliyatini 40 yoshida birinchi liganing „NBU-Osiyo“ (Toshkent) klubida yakunlagan. U Oʻzbekiston oliy ligasida jami 407 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati
2000-yil 1-sentabrda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Iroqqa qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Livanda boʻlib oʻtgan 2000-yilgi Osiyo kubogi final turniri ishtirokchisi musobaqada bitta oʻyin oʻtkazgan. Umuman olganda, u terma jamoada 4 ta oʻyin oʻtkazgan, barchasi 2000-yilning sentyabr-oktyabr oylarida. U faxriylar oʻyinlarida qatnashgan.
2021-yildan „Surxon“ klubi sport direktori lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda klubning bir guruh xodimlari va futbolchilari bilan birgalikda jamoa oʻyinchilarining kaltaklanishi bilan bogʻliq hodisa tufayli vaqtincha futboldan chetlatilgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gollar |
| 2000 | 4 | 0 |
| Jami | 4 | 0 |
2000-yil 17-oktyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston chempioni: 2001-yil
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2000, 2002, 2003, 2004, 2007
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2001, 2002, 2005, 2007
Manbalar
- Mi pomnim!..
- Rukovodstvo i tri igroka FK „Surxan“ vremenno otstraneni ot futbolnoy deyatelnosti – AFU
- „On Rasskazal, Kak Bili Izbiti Bivshie Futbolisti „Surxana““. 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
- „NEFTCHI AFSONASI JAMOAGA QAYTDI: ABDUMAJID TOIROV YOSHLAR BILAN ISHLAYDI“ (2025-yil 28-aprel).
- „Abdumajid Toirov“. national-football-teams.com. National Football Teams. Qaraldi: 18-fevral 2019-yil.
Havolalar
- Abdumajid Toirov Worldfootball saytida futbolchi profili
- Abdumajid Toirov Footballfacts saytida futbolchi profili
- Abdumajid Toirov Milliy terma jamoalar saytida futbolchi profili
- Abdumajid Toirov Playmakerstats saytida futbolchi profili
- Abdumajid Toirov Fbref saytida futbolchi profili
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdumajid Toirov haqida, Abdumajid Toirov nima? Abdumajid Toirov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!