Alp burmalanishi
Alp burmalanishi — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (Alp burmalanishi nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) va boshqa tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta dengiz va Tinch okean mintaqalariga ajratilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apennin, Alp, Karpat, Qrim togʻlari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va boshqa kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Filippin orollaridagi togʻlar va boshqa kiradi. Alp burmalanishi dagi togʻlar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng baland togʻlar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuningdek tokembriy, paleozoy va mezozoyda koʻtarilgan togʻlarga ham taʼsir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishining ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.
Manbalar
-
„Alp burmalanishi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Alp burmalanishi haqida, Alp burmalanishi nima? Alp burmalanishi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!