Abdurasul Abdullayev
| Abdurasul Abdullayev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 28-avgust 1958-yil Toshkent shahri, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
| Kasbi | Teleboshlovchi |
| Faoliyat yillari | 1976—hozirgi kungacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Asiya Abdullayeva |
| Bolalari | 4 |
| Otasi | Moʻmin Abdullayev |
| Onasi | Hikoyat Abdullayeva |
| Mukofotlari | |
Abdurasul Moʻminovich Abdullayev (1958-yil 28-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik teleboshlovchi, „Zakovat“ teleoʻyini asoschisi, Zakovat intellektual klubi prezidenti. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Hayoti
| ]Abdurasul Abdullayev 1958-yil 28-avgustda Toshkent shahridagi Kirov tumani tugʻilgan. Oilada yettita farzandning beshinchisi boʻlgan. Otasi veterinar, onasi uy bekasi boʻlgan. Abdurasul Abdullayev 1965—1975-yillarda tumandagi 274-sonli maktabda oʻqidi. Keyinchalik 1976—1981-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr va kino aktyorligi yoʻnalishida tahsil olgan. Institutni tamomlagach 1984—2020-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida muharrir, bosh muharrir, studiya rahbari sifatida mehnat faoliyatini olib bordi.
2001-yilda Abdurasul Abdullayev tomonidan Zakovat intellektual teleoʻyini va klubi tashkil etildi. Teleoʻyin ilk bor Rossiyada „Nima? Qayerda? Qachon?“ (1975) nomi bilan tashkil etilgan. Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan yangi teleloyihaga dastlab „Zakovat“ deb nom berishda bir qancha muammolar boʻlgan. Koʻrsatuv Yoshlar va „Oʻzbekiston“ telekanallarida, keyinchalik esa Milliy TVda namoyish qilingan.
Abdurasul Abdullayevga 2021-yil 31-avgustda Turon Fanlar Akademiyasining akademigi ilmiy unvoni berildi.
Mukofot va unvonlari
| ]- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi – 2021-yil 12-oktyabr.
- Mehnat shuhrati ordeni – 2009-yil.
- Turon Fanlar Akademiyasining akademigi – 2021-yil 31-avgust.
Yana qarang
| ]- Zakovat intellektual klubi
- Zakovat
Adabiyotlar
| ]- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 1. Toshkent: Davr press, 2010 — 260-bet.
- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 2. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-5-3.
- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 3. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-6-0.
- Abdurasul Abdullayev. Zakovat zavqi. Toshkent: Azbo nashriyoti, 2023 — 432-bet. ISBN 978-9943-8885-1-7.
Manbalar
| ]- „«Zakovat» boshlovchisi loyihaning tug‘ilishi, muvaffaqiyati va og‘ir yillari hamda ilk bilimdonlar uni nega tark etgani haqida“. www.kun.uz. Qaraldi: 14-fevral 2025-yil.
- „«Zakovat» klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev fuqarolarni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 14-fevral 2025-yil.
-
“Izlarim” ko‘rsatuvi, Abdurasul Abdullayev YouTubeda - „Zakovat harakati haqida.“. www.zakovat.org. 2025-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- „1975-й год. Какие наши годы! Выпуск от 01.05.2011“. 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- „«Zakovat» boshlovchisi loyihaning tug‘ilishi, muvaffaqiyati va og‘ir yillari hamda ilk bilimdonlar uni nega tark etgani haqida“. www.kun.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- „Zakovat intellektual klubi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2025-yil 22-fevral.
- „Prezident g‘olib “Zakovat”chilarni mukofotladi“. www.kun.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- „Prezident «Zakovat» musobaqasi g‘oliblarini mukofotladi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- „“Zakovat” ko‘rsatuvida yangi boshlovchi ish boshladi. Abdurasul Abdullayevga nima bo‘ldi?“. www.daryo.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- 28-avgustda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik teleboshlovchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdurasul Abdullayev haqida, Abdurasul Abdullayev nima? Abdurasul Abdullayev nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!