Abduvohid Karimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abduvohid Karimov
Oʻzbekiston KP Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1977 – 1984-yil 4-yanvar
Oʻtmishdoshi Qayum Murtazoyev
Vorisi Ismoil Jabborov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1932-yil 1-may
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
Vafoti 20-yanvar 1992-yil(1992-01-20)
(59 yoshda)
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari image image image

Abduvohid Karimovich Karimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi

| ]

1932-yil 1-mayda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. 1959-yildan KPSS a'zosi.

1946-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1946-1984-yillarda tuman suv xoʻjaligi boʻlimi gidrometri, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari irrigatsiya tizimlari viloyat boshqarmasi katta muhandisi, boʻlim boshligʻi, boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston KP Markaziy Qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kitob tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1970—1974), Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1974—1977) , Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1977—1984), Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari.

SSSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati etib saylangan.

KPSS XXIV, XXV va XXVI qurultoylari delegati.

1992-yil 20-yanvarda vafot etgan.

Havolalar

| ]
  • Депутаты Верховного Совета СССР, Том 10. — Изд-во «Известия Советов депутатов трудящихся СССР». — 1980. — С. 195.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abduvohid Karimov haqida, Abduvohid Karimov nima? Abduvohid Karimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan