Akbarsho Iskandarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Iskandarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akbarsho Iskandarov
Tojikiston Prezidenti
v.b.
Mansab davri
1992-yil 7-sentyabrdan – 1992-yil 20-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Akbar Mirzoyev
Abdumalik Abdullajonov
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Emomali Rahmon
Mansab davri
1991-yil 6-oktyabrdan
Hukumat boshligʻi Izzatullo Hayoyev
Mansab davri
 – 2-dekabr 1991-yilgacha
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Rahmon Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1951-yil (1951-08-01) (74 yosh)
Kevron

Akbarsho Iskandarov (1-avgust 1951) – Tojikistonning 2 marta muvaqqat Prezidenti. Tojikistonning Qozogʻiston va Turkmanistondagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi

| ]

1951-yil 1-avgustda Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining Qalayxum tumani (hozirgi Darvaz tumani) Kevron qishlogʻida tugʻilgan. 1966—1970-yillarda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1973-yilgacha) Dushanbe politexnika texnikumida oʻqigan, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha diplom olgan. 1974-yilda Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetining iqtisod fakultetiga oʻqishga kirdi va 1979-yilda iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomladi. 1989-yilda Toshkent oliy partiya maktabini tugatdi.

1970-1980-yillarda Qalayxum tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasida katta yer tuzuvchi, katta iqtisodchi lavozimlarida ishlagan. 1980-1981-yillarda Qalayxum tuman xalq nazorati qoʻmitasi inspektori, 1982-yilgacha Markaziy statistika boshqarmasi inspektori lavozimlarida ishlagan. 1982-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi Qalayxum tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi instruktori. 1984-yildan Togʻli Badaxshon viloyat partiya qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan.

1986-yilda Ishkashim tumani ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, tuman agrosanoat birlashmasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1987—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Vanj tumani qoʻmitasi 1-kotibi. 1990-yil 29-martda Tojikiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq deputati boʻldi. 1990-1993-yillarda Togʻli Badaxshon viloyat kengashi raisi. Shu bilan birga, 1990-1992-yillarda Tojikiston Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari.

1991-yil noyabr va 1992-yil aprel-may oylarida Iskandarov Tojikiston Oliy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, 1992-yil 11-avgustda esa respublika Oliy Kengashi raisi lavozimiga saylangan. Ayni paytda Iskandarov bu lavozimda Tojikistonning 2-prezidenti Rahmon Nabiyev oʻrniga Tojikiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. 1992-yil 7-sentyabrda Iskandarov Tojikiston vaqtincha prezidenti lavozimini egalladi.

1993-yil martidan 2001-yilgacha Iskandarov Tojikistonning Turkmanistondagi muvaqqat ishlar vakili, soʻngra Favqulodda va muxtor elchisi boʻlib ishlagan. 2001-yildan Qozogʻistonda va Moʻgʻulistonda elchi boʻlgan. 2008-yildan buyon Iskandarov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida alohida topshiriqlar boʻyicha elchi lavozimida ishlagan.

2000-yilda Akbarsho Iskandarovning xotiralar kitobi nashr etildi. Iskandarov oilali, besh farzandi bor.

Manbalar

| ]
  1. „ИСКАНДАРОВ Акбаршо“. centrasia.ru. 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.(Wayback Machine saytida 2016-06-25 sanasida arxivlangan)
  2. Chronology for Uzbeks in Tajikistan. UNHCR website.
  3. Tadzhikistan: Fear of Torture.... Amnesty International website.
  4. „Родники дружбы; А. И. Искандаров; Междунар. Отношения, 2000; ISBN 5713310132, 9785713310134“. 2014-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-mart.
  5. „Akbarsho Iskandarov: S Turkmenistanom u nas net problem“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  6. Akbarsho Iskandarov (Wayback Machine saytida 2023-10-21 sanasida arxivlangan), sentr „Panorama“, baza dannix „Labirint“

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akbarsho Iskandarov haqida, Akbarsho Iskandarov nima? Akbarsho Iskandarov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan