Qadriddin Aslonov
| Qadriddin Aslonov | |
|---|---|
| Tojikiston Prezidenti v.b. | |
| Mansab davri 1991-yil 31-avgustdan – 1991-yil 20-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Akbar Mirzoyev Abdumalik Abdullajonov |
| Oʻtmishdoshi | Rahmon Nabiyev |
| Vorisi | Rahmon Nabiyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-avgust 1951-yil Kevron |
Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991).
Biografiyasi
| ]Qadriddin Aslonov 1947-yil 29-mayda Tojikistonning Garm viloyatida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini ustaxona mudiri sifatida boshlagan. 1969-yildan 1973-yilgacha kolxozda brigada mexanigi boʻlib ishlagan.
1973-1983-yillarda Tojikiston komsomolining Kolxozobod tuman komitetining ikkinchi, keyin birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasi boshqaruvchisi, Qoʻrgʻontepa viloyat qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarish-texnik taʼminlash birlashmasi raisi boʻlgan.
1983—1988 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. 1988—1989-yillarda Tojikiston Davlat qishloq xoʻjaligi sanoati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
1989—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1990-yilda Tojikiston Oliy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil 30-noyabrdan 1991-yil 23-sentyabrgacha Tojikiston Oliy Kengashi raisi boʻlgan. Bu lavozimda Aslonov oʻz farmoni bilan Respublika Kommunistik partiyasini tugatdi va uning mulkini milliylashtirdi.
1991 yil sentyabr oyida – Tojikistonning vaqtincha prezidenti. 21-sentyabrda Qadriddin Aslonov Dushanbedagi Ozodi maydonidagi Lenin haykalini buzish va Tojikiston Kommunistik partiyasini taqiqlash haqidagi farmonlarni imzoladi. Kommunistik partiya tarafdorlari 23-sentyabr kuni farmonga qarshi miting oʻtkazdilar. Dushanbeda Oliy Kengashning favqulodda sessiyasi ochildi, unda Aslonovning noqonuniy xatti-harakatlari va poytaxtdagi siyosiy vaziyat masalalari muhokama qilindi.
1992-yil noyabr oyida (aniq sanasi nomaʼlum) Sangak Safarov tomonidan oʻldirilgan. Tojikiston Respublikasi Sarband viloyatida (sobiq Kalininobod viloyati) dafn etilgan.
Manbalar
| ]- Parker, John W. „Persian Dreams: Moscow and Tehran Since the Fall of the Shah“. Potomac Books, Inc. (29-mart]] 2018). Qaraldi: 29-mart]] 2018.
- „DPT proposes to give the title of Hero of Tajikistan to Qadriddin Aslonov - Tajikistan News-NA «Asia-Plus»“. old.news.tj. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart]] 2018. (Wayback Machine saytida 2018-06-23 sanasida arxivlangan)
- Ольга Тутубалина. „С чего начиналась анархия, или Как убирали в Душанбе памятник Ленину (страницы истории)“ (ru). ЦентрАзия (2005-yil 24-sentyabr). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
- Ольга Тутубалина. „С чего начиналась анархия, или Как убирали в Душанбе памятник Ленину (страницы истории)“ (ru). ЦентрАзия (2005-yil 24-sentyabr). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
- „Права человека в Таджикистане после событий гражданской войны 1992 года. Доклад Human Rights Watch/Helsinki Watch. Ч. 6.“ (ru). Memo.ru. 2009-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
- „Гулҷаҳони Сангакзода. Сангак Сафаров: Пешвои фронти халқиро чаҳор соат мекуштанд“ (tg). // «АзияПлюс» (2009-yil 27-iyul). 2010-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- 1-avgustda tugʻilganlar
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Kevronda tugʻilganlar
- Tojikiston Prezidentlari
- Tojikiston davlat rahbarlari
- Tojikiston KP MQ kotiblari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qadriddin Aslonov haqida, Qadriddin Aslonov nima? Qadriddin Aslonov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!