Akmaljon Qosimov

Akmaljon Qosimov (1937.20.2, Shahrixon shahri — 2004.23.6, Toshkent) — biokimyogar, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), biologiya fanlari doktori (1978), professor (1978). ToshDUni tugatgan (1961). ToshDU biofizika kafedrasida assistent (1964-66), katta oʻqituvchi (1966), dotsent, tuproqshunoslik fakulteti dekan oʻrinbosari (1969—73), oʻsimliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri (1973—76), Andijon pedagogika instituti rektori (1976—92), viloyat hokimi oʻrinbosari (1992—93), Andijon universiteti rektori (1993—95), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi oʻrinbosari (1995 — 2000). Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi (2000—04). Ilmiy ishlari radioaktiv nurlanish, metallarning ultradispersiyali kukuni. past harorat va tuzlarning hujayra hamda organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan.

Manbalar

  • Mitoxondriya i xloroplasti, T., 1984 (v soavtorstve); Vliyaniye raliatsii na energiticheskuyu sistemu rasteniy. T.. 1985; Kletka i kletochnme strukturn. T., 1986; Biokimyo [darslik], T., 1988 (hamkorlikda); Biokimyodan amaliy mashgʻulotlar, T, 1989 (hamkorlikda); Biologiya [maʼlumotnoma]. T, 1998 (hamkorlikda).






vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akmaljon Qosimov haqida, Akmaljon Qosimov nima? Akmaljon Qosimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan