Poʻlat Saidqosimov
- Vikipediyada ismi Poʻlat va familiyasi Saidqosimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Poʻlat Saidqosimov (1931.8.10, – Toshkent – 2019.18.1) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). 1954— 57 yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957-yildan Hamza (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama) teatrida aktyor. Keng koʻlamli, turli yechimdagi, psixologik murakkab rollarga moyillik, inson maʼnaviy dunyosini chuqur taxlil qilish S. isteʼdodiga xos boʻlib, obrazlari sodda va tabiiyligi, mukammal sahna nutqi, aktyorlik ifoda vositalarining loʻndaligi bilan ajralib turadi. „Xolisxon“dagi Rustam S.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Poʻlat (O. Yoqubov, „Yurak yonmogʻi kerak“), Abdullatif („Mirzo Ulugʻbek“), Ilyos (Ch. Aytmatov, „Sarvqomat dilbarim“), Edgar (U. Shekspir „Qirol Lir“), Karimjon (A.Qahhor, „Ayajonlarim“), Salimboyvachcha (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Avrangzeb (Uygʻun, „Zebunniso“), Sobirov (I. Sulton, „Imon“), Sagʻdiyev (O. Abdullin, „Un uchinchi rais“), Zargarov (A. Muxtor, „Saxro tor“), Bobo (U. Azim, „Bir kadam yoʻl“) kabilar teatrda yaratgan eng yaxshi rollaridir. Kinoda Mahkam („Muhabbat mojarosi“), Beruniy („Abu Rayhon Beruniy“), Zavqiy („Olovli yoʻllar“), Gʻafurov („Ilondan saqlan“), Ilyos ota („Tong otguncha“) va boshqa; telefilmda Otaqoʻzi („Diyonat“), Mirzakarimboy („Qutlugʻ qon“), Muhammad chatoq („Girdob“), Cherkashin („Ichkuyov“), Toʻgʻonbek („Alisher Navoiy“), Abdullatif („Ulugʻbek xazinasi“) kabi bir qancha rollarni ijro etgan. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan. Poʻlat Saidqosimov suratga tushgan eng su’nngi film bu Rixsiboy Muhammadjonovning „Qor yogʻmoqda oppoq qor“ filmi hisoblanadi.
| Poʻlat Saidqosimov | |
|---|---|
| Tavalludi | 8-oktyabr 1931-yil Toshkent |
| Vafoti | 18-yanvar 2019-yil (87 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
2019-yil 18-yanvar kuni 88 yoshda vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Aktyor yoki aktrisa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Poʻlat Saidqosimov haqida, Poʻlat Saidqosimov nima? Poʻlat Saidqosimov nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!