Akobir Qurbonov
- Vikipediyada ismi Akobir va familiyasi Qurbonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akobir Sobirovich Qurbonov (1975-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi va kurashchi, Oʻzbekiston iftixori (1999). 1999-yil kurash boʻyicha jahon chempioni, sambo boʻyicha jahon kubogi gʻolibi (2002) va bronza medali (1998), sambo boʻyicha jahon chempionatining kumush (1998, 2001, 2004) va bronza (2002, 2004) medallari sovrindori. 2010-yilda Pekindagi Jahon oʻyinlarida sambo boʻyicha musobaqalar gʻolibi. Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi. U ikkinchi yarim oʻrta vazn (74 kilogrammgacha), birinchi oʻrta (82 kilogrammgacha) va ikkinchi oʻrta (90 kilogrammgacha) vazn toifalarida ishtirok etgan. 1996-yil Oʻzbekiston IIV akademiyasini tamomlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston IIV Akademiyasi „Jismoniy tarbiya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.
Shaxsiy ma'lumotlar | |
---|---|
Millati | |
Tug'ilishi | 29-iyul 1975-yil Buxoro tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
o'g'irligi | 74–90 kg (163–198 lb) |
Medallari va yutuqlari |
Oilasi
Otasi Sobir Qurbonov — sovet sambochisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSR, Yevropa va jahon chempioni.
Mukofotlari
- Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni - 1999.
Manbalar
-
„Akobir Qurbonov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- „Sambo va kurash bo'yicha Jahon chempioni Akobir Qurbonovni tabriklaymiz!“. Olamsport.com. Qaraldi: 11-iyul 2025-yil.
Havolalar
- „Курбанов Акобир“ (ru). ВнутриСамбо. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akobir Qurbonov haqida, Akobir Qurbonov nima? Akobir Qurbonov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!