Oʻzbekiston iftixori

„Oʻzbekiston iftixori“ — Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarga beriladigan davlat mukofoti..

Oʻzbekiston iftixori
image
Mamlakat image Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
Kimga topshiriladi sportchilarga
Taqdirlash asosi xalqaro nufuzli musobaqalar sovrindorlariga beriladi
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1998-yil 28-avgust


Tavsifi

Oʻzbekiston iftixori koʻkrak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yoʻlkalari bilan oʻralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan boʻlib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta oʻzaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qoʻl tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan erda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi boʻylab, gerb uzra OʻZBEKISTON IFTIXORI degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna navdasi joylashgan boʻlib, uning oʻrtasidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi lenta oʻtgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Taqdirlanganlar

Manbalar

  1. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  2. Taqdirlanganlar ro'yxati[[ZiyoNet]] saytida, 2018-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-11-19
  3. Mukofot haqida LexUz saytida
  4. http://www.gov.uz/ru/press/documents/6017[sayt ishlamaydi]
  5. PF-4846-son 22.09.2016. Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  6. https://m.kun.uz/news/2020/02/01/prezident-murodjon-ahmadaliyevga-tabrik-yollab-uni-ozbekiston-iftixori-unvoni-bilan-taqdirladi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻzbekiston iftixori haqida, Oʻzbekiston iftixori nima? Oʻzbekiston iftixori nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan