Alibek Tursunov
Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Alibek Tursunov | |
---|---|
Alibek Mamirjonovich Tursunov | |
![]() | |
![]() | |
Mansab davri 2016-yil – 2018-yil 8-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Shuhrat Gʻaniyev |
Vorisi | Behzod Ibragimov |
![]() | |
Mansab davri 2019-yil – 2021-yil 7-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Shuhrat Gʻaniyev Xayrullo Bozorov |
Vorisi | Vosiljon Nazarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1-avgust 1979-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | ![]() |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Taʼlim | 1995–1999-yillar Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2010) |
Hayoti
Alibek Mamirjonovich Tursunov 1979-yilning 1-avgustida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1995–1999-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
Faoliyati
Dastlabki ish faoliyatini 1999–2001-yillarda Bagʻdod tumani shirkat xoʻjaligi agronomi sifatida; 2001–2006-yillarda Fargʻona viloyati "Gʻoʻza urugʻchiligi" birlashmasi yetakchi mutaxassisi, shu yerning bosh mutaxassisi, birlashma raisi oʻrinbosari va 2006–2011-yillarda esa birlashmasi raisi sifatida; 2011–2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida; 2012–2013-yillarda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2013-yilda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi sifatida; 2013–2016-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Buvayda tumani hokimi sifatida; 2018-yilda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Fargʻona viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi sifatida; 2018–2019-yillarda Bagʻdod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Bagʻdod tumani hokimi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.
2021-yildan esa Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda.
Manbalar
- Fargʻona viloyati hokimligi rasmiy veb sayti. „Фарғона вилояти ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida 3ta tuman hokimi o‘zgardi“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- „Фарғона вилоятида яна иккита туман ҳокими алмашди“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida bir kunda to‘rt tumanda rahbarlar o‘zgardi“ (7-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- „Фарғонада яна икки ҳоким алмашди“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- Kun.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. „Фарғона вилояти ҳокимининг ўринбосари ўзгарди“ (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Alibek Tursunov haqida, Alibek Tursunov nima? Alibek Tursunov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!