Qaraqiya tumani

Qaraqiya tuman — Mangʻistau viloyatining janubida joylashgan maʼmuriy hudud. 1973-yil tashkil topgan. 1997-yilgacha Yeraliev tumani deb nomlandi. Maydoni 65,8 ming km2. Aholisi 32,638 kishi (2013). Tuman markazi — Quryq qishlogʻi.

Qaraqiya tumani
Қарақия ауданы
Gerb
image
tuman
Tarkibida Mangʻistau viloyati
Maʼmuriy markazi Quryq
Asos solingan sanasi 1973-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 32,638
Zichligi 0,5 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 65,8 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 72937
Pochta indeksi 130300-130306
Avtomobil raqami kodi R, 12
Xaritada
image
43°11′0″N 51°41′0″E / 43.18333°N 51.68333°E / 43.18333; 51.68333

Geografiyasi

Tumanda Qozogʻistondagi dengiz sathidan past barcha pasttekisliklar joylashgan. Tumanning gʻarbida Ashisor (-39 m) va Qaraqiya (-132). Tumanning eng baland joyi Gʻarbiy Usyurtdagi Qaraman choʻqqisi (340 m).

Aholisi

Aholisi juda siyrak joylashgan. Tuman aholisi 32,638 kishi, 1 km2-ga 0,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Qishloq aholisi 8 ta qishloqdagina istiqomat qilishadi. Katta qishloqlari: Quruq qishlogʻi (7,2 ming kishi), Jetibay (9,1), Munayshi (3,6) kentlari va Bostan (1,4), Senek (1,8) qishloqlari. Aholisining asosiy qismini (99 %) qozoqlar tashkil qiladi, suningdek ruslar, tatarlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari istiqomat qilishadi.

Iqlimi

Yanvar oyining oʻrtacha harorati −7 °C, iyulda 26 °C. Qishqa qor juda kam yogʻadi va yogʻsa ham tezda erib ketadi. Yogʻingarchilik ham juda kam yogʻadi, yillik oʻrtacha miqdori 75 – 100 mm. Yil davomida shamol esib turadi.

Ijtimoiy soha

Tuman taʼlim sohasi boʻyicha 13 oʻrta, 5 boshlangʻich, 1 yoshlar maktabi, hunar maktabi, bolalar va yoshoʻspirinlar maktablari bor. Tibbiyot sohada: tuman kasalxonasi va shifoxona, oʻpka va yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 4 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 2 feldsh. punkt va tuman san-epidemiol. st., 3 feldsher-akusherlik punkt, mineral issiq suv bilan davolovchi joy va boshqa mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Tuman hududi orqali Quriq — Aqtau — Janaoʻzen, Janaoʻzen — Marata (Turkmaniston), shuningdek Aqtau — Janaoʻzen temir yoʻli oʻtadi.

Manbalar

  1. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
  2. Mangʻistau viloyatining telefon kodlari
  3. Почтовые индексы Казахстана

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qaraqiya tumani haqida, Qaraqiya tumani nima? Qaraqiya tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan