Alisher Toʻychiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Alisher Toʻychiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Toʻychiyev
Tavallud sanasi 8-mart 1976-yil (1976-03-08) (49 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston SSR
Boʻyi 180
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faolyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Spitamen
Avtomobilist
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995 Paxtakor Tojikiston
1996 Yangiyer 22 (0)
1997—1999 Nasaf 26 (0)
1999 Yangiyer 9 (0)
2000 Guliston 32 (0)
2002 Mashʼal 4 (0)
2007 Parvoz
2008—2009 Metallurg Bekobod 13
2010 Vaxsh
2011—2015 Xoʻjand
Milliy terma jamoa
2008—2016 Tojikiston 42 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alisher Toʻychiyev (tojikcha: Алишер Тӯйчиев, Alişer Tūjciev) – oʻzbek millatiga mansub tojikistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Klub faoliyati

| ]

Futbolni Spitamen shahrining bolalar maktabi („Rodnik“ stadioni uchastkasi) jamoasida boshlagan, keyinchalik „Avtomobilist“ jamoasida toʻp tepgan. 1995-yilgi mavsum avvalida, „Avtomobilist“ jamoasining bir guruh futbolchilari va klub yordamchi murabbiyi Dostonbek Mamirov bilan birgalikda Proletarskdan (Jabbor-Rasulovskiy tumani) „Paxtakor“ jamoasi safiga koʻchib oʻtgan. Mehrbodning „Paxtakor“ jamoasi safida 1995-yilda Tojikiston kubogini qoʻlga kiritgan.

Professional futboldagi debyutini 1996-yilgi mavsum Oʻzbekistonning „Yangiyer“ klubida oʻtkazgan. Keyinchalik faoliyati davomida „Nasaf“, „Guliston“, „Mashʼal“ va Oʻzbekiston birinchi ligasi klublarida toʻp surgan. 2007-yilni Tojikistonning Bobojon-Gʻofurovning „Parvoz“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Keyingi yili esa Oʻzbekistonga qaytagn va Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. 2010-yilda esa „Vaxsh“ klubi tarkibida oʻynagan.

2011-yilgi mavsumda „Istiqlol“ klubi tarkibida oʻynagan. Istiqlol jamoasi bilan birgalikda Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek , OFK Prezidenti kubogi sohibi boʻlgan. Bir necha bor, jumladan, 2013-yilda Tojikistonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan. 2016-yilgi mavsum „Xoʻjand“ klubida oʻynagan va faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Alisher 2008-yilda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan, terma jamoa tarkibida 30 dan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yildan boshlab terma jamoa sardori. 2016-yilning 24-martida Avstraliyaga qarshi safar oʻyinida 7 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Oila

| ]

Katta akasi Bahodir (1973-yil tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, Tojikiston va Oʻzbekiston klublarida oʻynagan.

Manbalar

| ]
  1. „Футболбозони тоҷик дар Русия ва легионерҳо дар Тоҷикистон“. Ozodi.org. 2012-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
  2. „Tuychiev, Alisher“. 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  3. „ДОСТОН МАМИРОВ. ОТ ГУЛАКАНДОЗА ДО САНКТ-ПЕТЕРБУРГА“. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
  4. „Церемония по «распределению»“. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-avgust.
  5. „«ХУДЖАНД» ПОДАЛ ЗАЯВКУ ДЛЯ УЧАСТИЯ В КУБКЕ АФК-2016“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  6. „Сборная Таджикистана по футболу начинает подготовку к отборочному раунду чемпионата мира-2018“. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-avgust.
  7. „Australia-Tajikistan“. 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
  8. „Центральный защитник «Далерона» Баходур Туйчиев рассказал о причинах поражения («Далерон» — «Хайр» — 1:3) и о многом другом“. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.

Havolalar

| ]
  • Alisher Toʻychiyev National-Football-Teams.com saytida
  • Alisher Toʻychiyev Soccerway saytida
  • Alisher Toʻychiyev FootballFacts.ru saytida (ruscha)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Alisher Toʻychiyev haqida, Alisher Toʻychiyev nima? Alisher Toʻychiyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan