Almazbek Atambayev

Almazbek Sharshenovich Atambayev — 2011-2017 yillarda Qirgʻiziston Prezidenti.

Atambayev Almazbek Sharshenovich
Атамбаев Алмазбек Шаршенович
image
image Qirgʻiziston Prezidenti
Mansab davri
2011-yil – 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Roza Otunbayeva
Vorisi Soʻronboy Jeenbekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1956-yil (1956-09-17) (69 yosh)
Arashan, Olamudin tumani, Chuy viloyati, Qirgʻiziston
Mukofotlari imageimageimageimage

Biografiyasi

  • 1956-yilning 17-sentabrida Qirgʻiziston Respublikasi Chuy viloyati Olamudin tumani Arashan qishlogʻida tugʻilgan.
  • 1980-yilda Moskva boshqaruv institutini tamomlagan..
  • Mehnat faoliyatini Qirgʻiziston SSR aloqa vazirligi korxonalarida muhandis, yetakchi iqtisodchi sifatida boshlagan.
  • 1981-yilda 4-yoʻl foydalanish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimiga oʻtkazildi.
  • 1983-yildan beri Sovet ishlarida: Qirgʻiz SSR Oliy Kengashining Rayosatida katta referent.
  • 1983-yildan beri SSSR yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
  • 1987-yildan 1989-yilgacha — Frunze Pervomayskiy tuman ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
  • 1989-yilda u barcha lavozimlarni tark etdi va tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Avval 1997-yilgacha „Forum“ ilmiy-ishlab chiqarish firmasi direktori, soʻngra 1997-yildan 1999-yilgacha „Qirgʻizavtomash“ AJ Bosh direktori lavozimida ishlagan. 1999-2004-yillarda „Forum“ sanoat guruhi direktorlar kengashi raisi lavozimida ishladi.
  • 1995-yildan 2000-yilgacha 2-chaqiriq Jogorku Kenesh Xalq vakillari Kengashi deputati. U oʻz hududida 3-chi chaqiriq Jogorku Keneshi deputatligiga nomzod sifatida qayta nomzod qilib koʻrsatildi. 2000-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentligiga saylovda uchinchi oʻrinni egalladi.
  • 2005-2006 — Qirgʻiziston Respublikasi sanoat, savdo va turizm vaziri. Lola inqilobidan soʻng, 2007-yil 30 martdan 28 noyabrgacha — respublika bosh vaziri.
  • 7-aprel 2010-yilda Aprel inqilobidan soʻng vaqtinchalik hukumat boshligʻining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari. 2010-yil 13 iyulda isteʼfoga chiqdi.
  • 2010-yil 17-dekabr kuni Qirgʻiziston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi boʻyicha birinchi bosh vazir etib saylandi.
  • Respublika prezidenti lavozimiga uch marta nomzod qilib koʻrsatildi. Uchinchi marta, 2011-yil 30-oktyabrda — birinchi turda Qirgʻiziston prezidenti etib saylandi. 2011-yil 1-dekabrda lavozimga kirishgan.
  • 2019-yil 8-avgust kuni korrupsiyada ayblanib qoʻlga olindi.
  • 2020-yilning 23-iyun kuni Bishkek shahri Pervomayskiy tuman sudining qarori bilan, Almazbek Atambayev oʻn bir yil va ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, barcha davlat mukofotlari va mol-mulklaridan mahrum etildi. Parlament saylovlaridan keyingi ommaviy tartibsizliklarda, sobiq bosh vazir Sapar Isoqov bilan birga6-oktabr kuni qamoqdan chiqib ketishga erishgan
  • Atambaev gitarada qoʻshiqlar ijro etgan, yozishni yaxshi koʻradi.
  • Qirgʻiziston sobiq prezidenti Asqar Akayevning 2014-yil 21-fevralda „7-kanal“ning "achiq soz" (ochiq suhbat) dasturida bergan intervyusida Atambayev "1990-yillarda yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan paytida, Rossiya tomonidan berilgan 50 million rubl grantini oʻzlashtirganini" aytgan.

Manbalar

  1. Atambayev haqida(qirgʻ.)
  2. „"First lady of Kyrgyzstan", Radio Free Europe“. Qaraldi: 1-may 2013-yil.
  3. „Атамбоевга коррупция бўйича айблов эълон қилинди“. Kun.uz.
  4. https://m.kun.uz/news/2020/10/06/qirgizistonning-sobiq-bosh-vaziri-sapar-isakov-ham-ozodlikka-chiqarildi
  5. https://m.kun.uz/news/2020/10/06/qirgizistonda-namoyishchilar-almazbek-atambayevni-ozodlikka-chiqarishdi


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Almazbek Atambayev haqida, Almazbek Atambayev nima? Almazbek Atambayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan