Strasburg universiteti - Fransiyadagi qad. universitetlardan biri. 1621-yil asos solingan. 1870—71 yilgi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya magʻlubiyatga uchragach yopilgan va uning oʻrniga Kayzer Vilgelm universiteti tashkil etilgan. 1919-yil qayta tiklangan. 1935—45 yillarda KlermonFerran shahrida joylashgan va Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatining markazlaridan biri boʻlgan. 1947-yil Kdrshilik kursatish harakati medali bilan mukofotlangan. Su. tarkibida 3 universitet faoliyat koʻrsatadi. Tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, fiziologiya, biokimyo, botanika, zoologiya, umumiy biologiya, geologiya, geofizika, tarix, filologiya, teologiya, huquq, iqtisodiy fanlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi.
Asos solingan sanasi | 1621-yil |
---|
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Strasbourg universiteti haqida, Strasbourg universiteti nima? Strasbourg universiteti nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!