Amangilich Kochumov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amangilich Kochumov
Amangylyç Koçumow
image
Kochumov Eron bilan oʻyin oldidan
matbuot anjumanida.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amangilich Ovezovich Kochumov
Tavallud sanasi 24-iyul 1965-yil (1965-07-24) (60 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1989 Kopetdag 34 (2)
1989—1991 Ahal 77 (14)
1991 Nebitchi 10 (7)
1992 Ahal ? (?)
1993 Buzmeyin ? (?)
1995 Turan ? (?)
1998—1999 Kopetdag ? (?)
Boshqargan klublari
2000 Ahal
2000 FC Galkan
2001—2011 Turkmaniston U-16
2005 Turkmaniston
2008—2015 Ashxobod
2011—2016 Turkmaniston U-23
2015—2016 Turkmaniston
2016—2019 Ashxobod
2019 Ahal
2020— Nebitchi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Amangilich Kochumov (turkmancha: Amangylyç Öwezowiç Koçumow; 1965-yil 24-iyulda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiyi va sobiq sovet futbolchisi. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan „Nebitchi“ klubining hozirgi bosh murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

1988—1989-yillarda Kopetdag jamoasida oʻynagan. 1989—1991-yillarda „Ahal“ klubida oʻynagan.

1992-yilda mustaqil Turkmaniston chempionatining 1-turida Sport Buzmeyin klubi darvozasiga 5 ta gol urgan. Keyinchalik qolgan 20 tur davomida yana 22 ta gol muallifi boʻlgan. 1993-yilgi mavsumda „Buzmeyin“ klubida oʻynagan.

1994—1999-yillarda u „Turan“ (jamoa sardori edi), „Eskawatorşik“, „Merv“, „Kopetdag“ klublarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Amangilich murabbiylik faoliyati 1999-yil oxirida Ahal klubida boshlangan. 2000-yilda Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining Galkan FK jamoasini boshqarib, jamoani Yokari ligaga olib chiqqan. 2001-yildan Turkmaniston olimpiya zaxiralari futbol maktabi katta murabbiyi va oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

2002-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining Xalqaro oʻsmirlar oʻyinlarida Kochumov murabbiyligidagi Turkmaniston oʻsmirlar terma jamoasi kuchli sakkizlikka kirgan. Bu muvaffaqiyat ortida Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan.

2005-yilda Turkmaniston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Jamoa bilan faqat bitta oʻyin oʻtkazgan, unda Turkmaniston terma jamoasi Bahraynga (0:5) magʻlub boʻlgan.

2008-yildan 2015-yilgacha „Ashxobod“ klubida bosh murabbiylik qilgan.

2011-yilda Turkmaniston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2015-yilda Turkmaniston terma jamoasini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etishga tayyorlash uchun bosh murabbiy etib tayinlangan. Amangilich bu davrda Turkmaniston U23 va Turkmaniston terma jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. Turkmaniston terma jamoasi saralash oʻyinlari „D“ guruhida 3-oʻrinni egallagan va bu natija jamoaga JCh—2018 saralash oʻyinlarining keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini qoldirmagan. Shunga qaramay jamoa 2019-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan.

2019-yil iyul oyida „Ashxobod“ klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgan. 2019-yil sentyabr oyida „Ahal“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Kochumov 2020-yilning avgust oyidan beri Nebitchi jamoasini boshqarmoqda.

Shaxsiy hayoti

| ]

Amangilichning otasi Ovez Kochumov ham futbol sohasida faoliyat olib borgan, Ovez Kochumov butunittifoq toifali hakam, Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiyi va Turkmaniston futbol federatsiyasining faxriy raisi boʻlgan.

Yutuqlari

| ]

Futbolchi sifatidagi yutuqlari

| ]
Ahal FK
  • Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1992-yil
Buzmeyn FK
  • Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1993-yil
Turan Daszoguz
  • Turkmaniston kubogi sohibi: 1995-yil
  • Turkmaniston kubogi finalchisi: 1994-yil
Kopetdog Ashxobod
  • Turkmaniston ikkinchi oʻrin sohibi: 1998/99

Murabbiylik yutuqlari

| ]
Galkan
  • Turkmaniston Oliy ligasiga chiqish: 2000-yil
Ashxobod
  • Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
  • Turkmaniston kubogi finalchisi: 2011-yil

Davlat mukofotlari

| ]
  • Turkmaniston sport ustasi unvoni
  • Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni: 2002-yil

Manbalar

| ]
  1. „Туркменские футболисты вышли во второй раунд отборочного турнира Олимпиады-2012 | Интернет-газета Turkmenistan.Ru“. turkmenistan.ru. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
  2. „Футбольная национальная сборная Туркменистана обрела главного тренера -Спорт-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
  3. „Türkmenistanyň milli ýygyndy toparyna baş tälimçi bellenildi-Sport-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
  4. „Футбольная национальная сборная Туркменистана обрела главного тренера -Спорт-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
  5. „Саид Сеидов назначен главным тренером футбольного клуба "Ашхабад" | Спорт“.
  6. Amanklich Kochumov naznachen glavnim trenerom futbolnogo kluba „Axal“
  7. Amanklich Kochumov vozglavil balkanabatskiy „Nebitchi“

Havolalar

| ]
  • Amangilich Kochumov Global sport arxivida
  • Amangilich Kochumov Footballfakts saytida
  • Amangilich Kochumov Transfermakrt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Amangilich Kochumov haqida, Amangilich Kochumov nima? Amangilich Kochumov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan