Amu-Zang kanali
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Amu-zang kanali, Amu-Zang mashina kanali- Surxondaryo viloyatidagi sugʻorish kanali. Amudaryo oʻng qirgʻogʻidan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 km yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini Zang gidrouzeli yuqori befiga koʻtarib beradi. 1973-yilda qurilgan. Uzunligi 56 km, suv oʻtkazish imkoniyati 20 m³/s. Suvni maksimal koʻtarib berish balandligi 77 m (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos stansiyalari kiradi. Amu-Zang 1 nasos stansiyasi suvni daryodan 500 m uzunlikdagi taʼminlovchi kanal orqali oladi, koʻtarish balandligi 33 m, 16 nasos agregati oʻrnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-Zang 2 nasos stansiyasining suvni koʻtarib berish balandligi 44 m, quvvati 12,8 ming kVt. Amu-Zang kanali ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining janubida Zang kanalidan sugʻoriladigan 20 ming gektar yerni Amudaryo suvi bilan sugʻorish imkoniyatini yaratdi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Amu-Zang kanali haqida, Amu-Zang kanali nima? Amu-Zang kanali nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!