Paxtaarna kanali
Paxtaarna kanali — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qadimgi tuproq, oʻzanli kanal. Uzunligi 27,6 km, tubining kengligi 20–28 m, chuqurligi 3,3—4,3 m, kanal boʻyi dambasining kengligi 2–10 m. Suv oʻtkazish qobiliyati 80 m³/s Amudaryodan suv oladi. Hozirgi suv olish inshooti 1957-yilda barpo etilgan shandorli toʻsiqlar bilan taʼminlangan 5 koʻzli (har birining eni 3 m) temir-beton toʻrtburchak quvurlardan iborat. Tuyamoʻyin GES darvozasidan 30 km (daryoning chap sohilidagi Toshsoqa kanalining bosh inshootidan 1 km) quyida, qirgʻoqdan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Daryodan suv kanalga uzatish oʻzani orqali yetkazib beriladi. Kanaldan suv 5 ta suv chiqargich (Buzyob, Amirobod, Bogʻyoob va boshqalar) va 30 ga yaqin nasoslar yordamida taqsimlash kanallari va ariqlarga uzatiladi.
Amudaryoning Tuyamoʻyin gidrouzelidan Qoratovgacha boʻlgan oʻng sohili — Toʻrtkoʻl tumanida 37,1 ming ga, Beruniy tumanida 7,01 ming ga ekinzorlar Paxtaarna kanalidan sugʻoriladi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Qoraqalpogʻiston kanallari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Paxtaarna kanali haqida, Paxtaarna kanali nima? Paxtaarna kanali nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!