Andrey Vlasichev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrey Vlasichev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vladimirovich Vlasichev
Tavallud sanasi 27-yanvar 1981-yil (1981-01-27) (44 yosh)
Tavallud joyi Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Raqami 4
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 Jashtik-Oq-Oltin 1 (1)
1999 Soʻgʻdiyona 5 (0)
2000 Doʻstlik 7 (1)
2001—2003 Paxtakor 43
2003 Baltika 14 (2)
2004 Paxtakor 3 (1)
2004 Navbahor 13 (3)
2005—2006 Ordabasi 30 (1)
2006 Soʻgʻdiyona 11 (2)
2007—2008 Shoʻrtan 23 (1)
2009 Lokomotiv 3 (0)
2009 Qizilqum 7 (1)
2009 Buxoro 12 (3)
2010 Olmaliq 13 (0)
2010 Navbahor 4 (0)
2011 Lokomotiv 21 (6)
2012—2013 Qizilqum 39 (1)
2013 Shoʻrtan 4 (0)
Milliy terma jamoa
2001—2003 Oʻzbekiston 11 (0)
Boshqargan klublari
2015 Alay
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Vladimirovich Vlasichev (1981-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiy va professional sobiq futbolchi. Hozirda murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Klub faoliyati

| ]

Jizzaxdagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 17 yoshida Qirgʻizistonning „Jashtik-Aq-Oltin“ klubi tarkibida professional debyut oʻyinini oʻtkazgan, 18 yoshidan esa „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynagan.

2000-yilda „Doʻstlik“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻlgan, ammo mavsum davomida atigi 7 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2001-yilgi mavsumda Andrey „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, klub bilan chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan, 2002-yilgi mavsumda esa Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Bu yillar davomida ikki karra Kubok sohibi boʻlgan.

2003-yilgi mavsumda Andrey birinchi divizionda ishtirok etgan Rossiyaning „Baltika“ jamoasiga oʻtgan. Mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

2005—2006-yillarda „Ordabasi“ klubi tarkibida Qozogʻiston oliy ligasida oʻynagan. Ordabasi safida 30 ta oʻyin oʻtkazgan va 1 ta gol muallifi boʻlgan. Qozogʻiston kubogi bahslarida ham ikkita gol rishga muvaffaq boʻlgan.

Faoliyatining ikkinchi yarmida asosan oʻrtamiyona jamoalar va Oʻzbekiston chempionatining autsayder jamoalari tarkibida oʻynagan. U professional faoliyatini 2013-yilda yakunlagan. Andrey Oʻzbekiston oliy ligasida jami 171 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.

Milliy terma jamoa

| ]

U Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2001-yilning 26-iyun kuni Hindistonga qarshi oʻtkazgan. Vlasichev 2001—2003-yillarda terma jamoa safida jami 11 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

2015-yilda u Qirgʻizistonning „Alay“ klubini boshqargan.

Yutuqlari

| ]

Shaxsiy hayot

| ]

Otasi Vladimir Vlasichev (1955-yilda tugʻilgan), sobiq futbolchi, murabbiy. Ukasi Anatoliy (1988-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlib, Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻynagan.

Manbalar

| ]
  1. „«Восток» Усть-Каменогорск 0 : 1 «Ордабасы» Чимкент“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  2. „Индия 1 : 2 Узбекистан“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  3. „ПОДДЕРЖИВАЯ ДЕТСКИХ ТРЕНЕРОВ“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.

Havolalar

| ]
  • Andrei Vlasichev at National-Football-Teams.com
  • Andrey Vlasichev Klisf saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Andrey Vlasichev haqida, Andrey Vlasichev nima? Andrey Vlasichev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan