Andrey Fyodorov

Andrey Vitalyevich Fyodorov (1971-yil 10-aprelda tugʻilgan, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, hozirda murabbiy. Oʻzbekiston terma jamoasida ham oʻynagan (1994—2006).

Аndrey Fyodorov
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vitalyevich Fyodorov
Tavallud sanasi 10-aprel 1971-yil (1971-04-10) (54 yosh)
Tavallud joyi image Margʻilon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1991 image Avtomobilchi (Qoʻqon) 44 (2)
1992—1995 image Neftchi (Fargʻona) 138 (38)
1998—1999 image Alaniya 42 (1)
1999 image Baltika 14 (0)
2000—2008 image Rubin 127 (15)
Total 365 (56)
Milliy terma jamoa
1994—2006 image Oʻzbekiston 64 (7)
Boshqargan klublari
2012—2013 image Rubin-d
2014—2015 image Neftchi (Fargʻona) assistent
2015—2017 image Neftchi (Fargʻona)
2018—2020 image Lokomotiv (Toshkent)
2021–2022 image Lokomotiv-Kazanka
2022 image Lokomotiv (Moskva)
2024– image Rubin-2 Kazan (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyatini SSSR chempionati 2-ligasida oʻynagan Qoʻqonning „Avtomobilchi“ klubida boshlagan.

1992-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanishi bilan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtib, jamoada 4 mavsum oʻynagan.

1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

1996-yilda Moskvaning „SSKA“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq maydonda hakamni urgani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Hodisa 1995-yil sentabr oyida „Yelimay“ klubiga qarshi Osiyo chempionlar kubogi oʻyini yakunlanganidan soʻng sodir boʻlgan, Fyodorov tojikistonlik hakam Vladimir Domladjanovni urib yuborgan. Cheklov tufayli futbolchi „SSKA“ klubida oʻynay olmagan. Keyinchalik diskvalifikatsiya muddati 12 oyga qisqartirilgan.

Shundan soʻng Andrey 2000-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga taklif qilinadi. U klub safida 127 ta oʻyin oʻtkazib, 15ta gol urgan.

2008-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Rubin“ klubining sellektsiya boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi. 2012—2013-yillarda „Rubin“ klubi oʻrinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2014-yilning yozida Fargʻonaga qaytib, „Neftchi“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va 2015-yilning avgust oyida klub bosh murabbiyi etib tayinlangan.

2018-yil aprel oyida „Neftchi“ klubini tark etgach, oʻsha yilgi Oʻzbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning „Lokomotiv“ klubi murabbiyi Andrey Miklyayev isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi.

Andrey Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 64 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007-yilgi Osiyo kubogi oldidan terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilgan.

Klublardagi faoliyati

Klublar

Mavsum Klub Davlat Liga Oʻyinlar Gollar
1989 Avtomobilchi Qoʻqon image Oʻzbekiston 2 8 0
1990 Avtomobilchi Qoʻqon image Oʻzbekiston 2 0 0
1991 Avtomobilchi Qoʻqon image Oʻzbekiston 2 36 2
1992 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1993 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1994 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1995 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1996 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1997 Neftchi Fargʻona image Oʻzbekiston 1 ? ?
1998 Alania Vladikavkaz image Rossiya 1 28 0
1999 Alania Vladikavkaz image Rossiya 1 14 1
1999 Baltika Kaliningrad image Rossiya 1 14 0
2000 Rubin Qozon image Rossiya 2 31 9
2001 Rubin Qozon image Rossiya 2 11 0
2002 Rubin Qozon image Rossiya 2 17 3
2003 Rubin Qozon image Rossiya 1 17 1
2004 Rubin Qozon image Rossiya 1 10 2
2005 Rubin Qozon image Rossiya 1 15 0
2006 Rubin Qozon image Rossiya 1 14 0
2007 Rubin Qozon image Rossiya 1 11 0
2008 Rubin Qozon image Rossiya 1 1 0

Xalqaro turnirlardagi gollari

Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 21-oktabr 1995 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston image Nigeriya 2-3 Magʻlubiyat 1995-yilgi Osiyo-Afrika kubogi
2. 25-may 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston image Kambodja 6-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
3. 7-sentabr 1997 Tokio Olimpiya stadioni, Tokio, Yaponiya image Yaponiya 6-3 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
4. 18-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston image Janubiy Koreya 1-5 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
5. 25-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston image Qozogʻiston 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
6. 3-dekabr 1998 700 yilligi stadioni, Chiang May, Tailand image Kuvayt 3-3 Durang 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
7. 24-noyabr 1999 Tahnun bin Muhammad stadioni, Abu-Dabi, BAA image Hindiston 3-2 Gʻalaba 2000-yilgiOFK Osiyo kubogi saralash oʻyinlari.
2-yanvar 2017-yilda yangilangan

Yutuqlari

Futbolchi sifatida

  • Xirosimadagi Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
  • Oʻzbekiston chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 1995-yillar
  • „Rubin“ jamoasi bilan Rossiya chempioni: 2008-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1994, 1996-yillar
  • Osiyo chempionlar kubogi bronza medali sohibi: 1994/95-yillar
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi (2): 1996, 1997-yillar
  • Rossiya chempionati bronza medali sovrindori: 2003-yil
  • Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sovrindori: 1994-yil
  • Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 2002-yil

Shaxsiy yutuqlari

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: № 3 – 1997-yil

Murabbiy sifatida

  • Oʻzbekiston chempioni: 2018-yil
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019-yil

Davlat mukofotlari

  • „Shuhrat“ medali sohibi.

Manbalar

  1. Andrey Fyodorov: Fergana moy gorod, „Neftchi“ moya komanda!
  2. Ni odnogo gola tryox klubov Kashkadari[sayt ishlamaydi]
  3. Andrey Miklyaev pokinul post glavnogo trenera „Lokomotiva“
  4. Fyodorov pokidaet sbornuyu Uzbekistana[sayt ishlamaydi]"Sport-Ekspress"-Novosti, 21-iyunya 2007 goda
  5. Andrey Fyodorov – International Appareances
  6. Uzbekistan International Matches – Details 1992-1999
  7. „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  8. Uzbekistan – Footballer and Coach of the Year. rsssf.com, 16-maya 2008
  9. „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.

Havolalar

  • Andrey Fyodorov „Rubin“ rasmiy saytidagi profil
  • Andrey Fyodorov Terma jamoadagi oʻyinlari statistikasi
  • Andrey Fyodorov at FIFA.com

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Andrey Fyodorov haqida, Andrey Fyodorov nima? Andrey Fyodorov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan