Anna Cappellini
| Anna Cappellini | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | Italiya |
| Tavalludi | 19-fevral 1987-yil Como, Italiya |
| Ona shahri | Como, Italiya |
| Yashash joyi | Milan, Italiya |
| Boʻyi | 1.65 m (5 ft 5 in) |
| Sherigi | Luca Lanotte |
| Oldingi sheriklari | Matteo Zanni, Luca Lombardi, Frederico Bassi |
| Murabbiyi | Paola Mezzadri, Marina Zueva, Valter Rizzo |
| Oldingi murabbiylari | Igor Shpilband, Nikolai Morozov, Muriel Zazoui, Romain Haguenauer, Roberto Pelizzola, Barbara Riboldi |
| Oldingi xoreograflari | Romain Haguenauer, S. Mirabee, Diane Ribas, Giovanna Franzoni |
| Jamoasi | Fiamme Azzurre |
| Uchishni boshlagan | 1990 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 192.08 |
| Erkin raqs | 114.62 |
Anna Cappellini (talaffuzi: Anna Kappellini; 1987-yil 19-fevralda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi italiyalik muz raqqosi. Sherigi Luca Lanotte bilan birga 2014-yilgi Jahon chempioni, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2015 Cup of Chinamusobaqasining chempioni va Gran-pri seriyasida oʻn uch karra medal sovrindori hamda yetti karra Italiyaning milliy chempioni (2012 — 2018) boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
| ]Cappellini 1987-yil 19-fevralda Italiyaning Komo shahrida tugʻilgan. U konkida uchish faoliyatini tugaganidan keyin fizioterapiyani oʻrganishga qiziqish bildirgan.
Faoliyati
| ]Lanotte bilan
| ]Cappellini 2005-yil may oyida Luca Lanotte bilan juftlik hosil qilgan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi kuchli mavsumdan soʻng, Cappellini / Lanotte juftligi 2006 — 2007-yillarda kattalar toifasida musobaqalarda debyut qilgan. Juftlik oʻzining birinchi Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Navbatdagi Jahon chempionati musobaqasi oldidan Cappellini chap yelkasidan jarohat olgan. Juftlik Jahon chempionatidagi erkin raqs namoyishida yiqilib, 13-oʻrindan joy olgan.
2007 — 2008-yillarda Cappellini / Lanotte jufligi oʻzining birinchi Gran-pri medalini - Skate Canada turnirining kumush medalini qoʻlga kiritgan, Yevropa chempionatida yettinchi oʻringa koʻtarilgan va Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan.
Cappellini / Lanotte juftligi 2008 — 2009-yillarda Gran-pri musobaqalarining birortasida ham medal olmagan, ammo Yevropa chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilgan va Jahon chempionatida yana o‘ninchi o‘rinni egallagan. Mavsum oraligʻida ular murabbiylarni almashtirishga qaror qilishgan va murabbiylar Muriel Boucher-Zazoui va Romain Haguenauer bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun Fransiyaning Lion shahriga koʻchib oʻtishgan.
2011 — 2012
| ]Cappellini / Lanotte juftligi 2011 Skate Canada International va 2011 Trophee Erik Bompard musobaqalarida ishtirok etib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik2012-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
Dasturlari
| ]Lanotte bilan
| ]| Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
|---|---|---|
| 2017 — 2018 |
|
|
| 2016 — 2017 |
| Charlie Chaplin medley:
|
| 2015 — 2016 |
| Fellini medley:
|
| 2014 — 2015 |
|
|
| 2013 — 2014 |
|
|
Natijalari
| ]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Lanotte bilan
| ]| Xalqaro | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 05 — 06 | 06 — 07 | 07 — 08 | 08 — 09 | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 |
| Olimpiada | 12 | 6 | 6 | ||||||||||
| Jahon chempionati | 13 | 10 | 10 | 11 | 8 | 6 | 4 | 1 | 4 | 4 | 6 | 4 | |
| Yevropa chempionati | 8 | 7 | 5 | 6 | 4 | 3 | 1 | 2 | 2 | 2 | 4 | ||
| Universiada | 1 | ||||||||||||
| Bavarian Open | 1 | ||||||||||||
| Finlandia | 2 | ||||||||||||
| Nebelhorn | 2 | ||||||||||||
| Lombardia | 1 | ||||||||||||
| Mont Blanc | 1 | ||||||||||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||||||
| Jahon chempionati | 4 | ||||||||||||
| JGP Final | 3 | ||||||||||||
| JGP Bulgariya | 2 | ||||||||||||
| JGP Slovakiya | 2 | ||||||||||||
| Milliy | |||||||||||||
| Italiya chempionati | 1 J. | 2 | 2 | 2 | 2 | WD | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan | |||||||||||||
Manbalar
| ]- „Anna CAPPELLINI / Luca LOMBARDI: 2000/2001“. International Skating Union. 2001-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2002/2003“. International Skating Union. 2003-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2006/2007“. International Skating Union. 2007-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2007/2008“. International Skating Union. 2008-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- „Competition Results: Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE“. International Skating Union.
- „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Figurali uchish boʻyicha jahon chempionlari
- Yashayotgan insonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Anna Cappellini haqida, Anna Cappellini nima? Anna Cappellini nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!