Maksim Shabalin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maksim Shabalin
image
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat image Rossiya
Oldin vakil boʻlgan Bolgariya
Tavalludi 25-yanvar 1982-yil (1982-01-25) (43 yosh)
Samara, Rossiya
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Sherigi Oksana Domnina
Uchishni boshlagan 1987
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Standart raqs 43.76
Original raqs 64.68
Erkin raqs 104.99

Maksim Andreyevich Shabalin (ruscha: Максим Андреевич Шабалин; 1982-yil 25-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi, Oksana Domnina bilan muz ustida raqs muzobaqalarida qatnashgan. Maksim sherigi Oksana Domnina bilan birga 2010-yilgi Olimpiya bronza medali sovrindori, 2009-yilgi jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni (2008 va 2010-yil), 2007-yilgi Gran-pri seriyasi gʻolibi va 2003-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan.

Faoliyati

| ]
image
Oksana Domnina va Maksim Shabalin 2008-yilgi Yevropa chempionatida
image
Oksana Domnina va Maksim Shabalin 2008 — 2009-yillar mavsumining Gran-pri finalida

2002-yil may oyida Maksim Shabalin Oksana bilan sport juftiligini hosil qildi. 2003-yilda ular oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqishdi.

2004-yilda Domnina va Shabalin Rossiya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi va 2005-yilda birinchi marta ushbu turnirda gʻolib chiqishdi.

Juftlik Xitoyda boʻlib oʻtgan uchinchi (1-oʻrin) va Moskvada oʻtkazilgan beshinchi (2-oʻrin) bosqichlarida juda muvaffaqiyatli chiqishlari natijasida 2006—2007-yillarda figurali uchish boʻyicha Jahon Gran-pri finalida ishtirok etdi. Finalda ular bolgar va kanada juftliklaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

2007-yilgi Rossiya chempionatida juftlik ikkinchi marta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2007-yilgi Yevropa chempionatida juftlik (mavsumning koʻplab musobaqalarida boʻlgani kabi) erkin raqs boʻyicha gʻalaba qozondi.

2007—2008-yilgi mavsum Oksana va Maksim uchun muvaffaqiyatli boshlandi — ular Grand Prix World Series finalida gʻolib boʻlishdi. Ammo Rossiya chempionatida Maksimning tizzasi operatsiya qilingani sabab ishtirok eta olishmadi. Qisqa reabilitatsiya davri va jarohatlarning qaytalanish xavfiga qaramay, Domnina va Shabalin Yevropa chempionatida ishtirok etishdi va gʻalaba qozonishdi. Biroq, Maksimning jarohati yomonlashdi va yana jarrohlik talab qilingani tufayli juftlik 2008-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmadi.

2008-yil iyun oyida sportchilar oʻz murabbiylarini oʻzgartirishga qaror qildi. Juftlik Delaverga koʻchib oʻtdi va ularga Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qildi.

Vankuverda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida (2010) Oksana Domnina va Maksim Shabalin bronza medallarini qoʻlga kiritdilar, shundan soʻng juftlik Shabalinning tizzasidagi jarohati tufayli sport faoliyatlarini tugatishga majbur boʻlishdi. 2010-yilda Rossiya figurali uchish federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Oksana va Maksim FFKKR (Rossiya figurali uchish federatsiyasi) ijroiya qoʻmitasi aʼzolari etib saylandi.

Dasturlari

| ]

Domnina bilan

| ]
Mavsum Original raqs Erkin raqs
2009 - 2010

  • Aboriginal dance
  • The Double Life of Véronique
  • Requiem for a Dream
  • The Double Life of Véronique
2008 - 2009

  • Lyric Waltz

    Dmitri Shostakovich
  • Waltz No. 2

    André Rieu
  • Spartacus

    Aram Khachaturian
2007 - 2008

  • Guys, Unsaddle Your Horses

    (Rozpryagayte, xlopsі, konі)
  • Masquerade Waltz

    Aram Khachaturian
2006 - 2007

  • Primavera Portena

    Ástor Piazzolla
  • Invierno Porteño

    Ástor Piazzolla
  • Polovtsian Dances

    Aleksandr Borodin

Natijalari

| ]

(Oksana bilan)

Musobaqa 2002 — 2003 ㅤ 2003 — 2004 ㅤ 2004 — 2005 ㅤ 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari 9 3
Jahon chempionatlari 15 10 8 7 5 1
Yevropa chempionati 12 7 6 6 2 1 WD 1
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
Rossiya chempionati 3 2 1 2 1 1
Gran-pri finali 5 3 1 2
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 6 4 3 2 1 2
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 4 1 2 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 3
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 6
Skate Israel 2
Karl Shefer xotirasi 1
Finlandia Trophy 2
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Fransiya 1
Belgradda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari 1

WD = musobqani tark etgan

Manbalar

| ]
  1. „Домнина и Шабалин переходят к Линичук“. 22-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2008-yil.
  2. „Оксана Домнина «Сказать: все, заканчиваю! Я пока не готова»“. 12-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2010-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Maksim Shabalin haqida, Maksim Shabalin nima? Maksim Shabalin nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan