Anton Makarenko
| Anton Makarenko | |
|---|---|
![]() | |
| Asl ismi | Анто́н Семёнович Мака́ренко |
| Tavalludi | 13-mart 1888-yil Bilopiliya, Sumi viloyati, Ukraina. |
| Vafoti | 1-aprel 1939-yil (51 yoshda) Moskva |
| Ijod qilgan tillari | Rus |
| Fuqaroligi | |
| Yoʻnalish | Pedagogika, didaktika. |
Anton Semyonovich Makarenko (ruscha: Анто́н Семёнович Мака́ренко; 1888-yil 13-mart, Ukraina — 1939-yil 1-aprel, Moskva) — pedagog va yozuvchi.
Hayoti
| ]Anton Semyonovich Makarenko 1888-yilning 13-martida Ukrainaning Sumi viloyati Bilopiliya shahrida tugʻilgan. 1917-yilda Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan. 1920–1930-yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan.
Makarenko pedagogik amaliyotida qonunbuzar bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirgan. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqqan. “Pedagogik poema” (1935), “Minoralardagi bayroqlar” (1938), “Oʻttizinchi yil marshi” (1932), “Ota-onalar kitobi” (1937) asarlari va bir qancha pedagogik maqolalar muallifi. 1939-yil 1-aprelda Moskvada vafot etgan.
Asarlari
| ]- Pedagogik poema (ruscha: Педагогическая поэма; 1935-yil);
- “Minoralardagi bayroqlar” (ruscha: Флаги на башнях; 1938);
- “Oʻttizinchi yil marshi” (ruscha: Марш 30 года; 1932);
- Ota-onalar kitobi (ruscha: Книга для родителей; 1937).
Manbalar
| ]-
„Anton Makarenko“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
| ]| Vikiiqtibosda Anton Makarenkoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 1-aprelda vafot etganlar
- 1939-yilda vafot etganlar
- 1888-yilda tugʻilganlar
- 13-martda tugʻilganlar
- Sovet yozuvchilari
- Pedagoglar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Anton Makarenko haqida, Anton Makarenko nima? Anton Makarenko nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!