Arsax respublikasi

Togʻli Qorabogʻ Respublikasi yoki Artsax Respublikasi — dengizga chiqish imkoniyati yoʻq, dunyo davlatlari tan olmagan Kavkazortidagi davlat. Ushbu mamlakat 1991-yil 2-sentyabrda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi Old Osiyoning Kavkazortidagi Arman togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Armaniston biilan, shimolda va sharqda Ozarbayjon bilan, janubda Eron bilan chegaradosh.

image
image

Bosh Assambleya tomonidan 2008-yilning 14-martida qabul qilingan rezolyutsiya — 62/243. Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridagi holat

Ozarbayjon Respublikasining Togʻli Qorabogʻ hududi va uning atrofida qurollangan mojaro jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solishda tavom etayotganidan jiddiy tashvishlanib va uning gumanitar holat va Janubiy Kavkaz mamlakatlarida rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni hisobga olib,

  1. Ozarbayjon Respublikasi suverenligi va hududiy daxlsizligini, uning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida hurmat qilish va quvvatlash haqida eʼlon qiladi;
  2. Ozarbayjon Respublikasining barcha bosib olingan hududlaridan barcha armani qurolli kuchlarini darhol, toʻliq va soʻzsiz olib chiqishni talab qiladi;

Mustaqillikka erishgan sana 1991-yil 2-sentyabr
Maydoni 11.500 km.kv
Aholi soni 146.000 (2013)
Poytaxti Xonkendi
Rasmiy tili Arman tili
Pul birligi Qorabogʻ Drami, Arman Drami
Boshqaruv shakli Respublika
Prezidenti Bako Saakyan
Tan olgan mamlakatlar Abxaziya, Janubiy Osetiya, Pridnestrovye

Tugatilishi

2023-yil 28-sentyabrda Artsax prezidenti keyinchalik 2024-yil 1-yanvargacha respublikaning barcha institutlarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, ammo prezident keyinchalik bu farmonni bekor qilishga uringan. 2023-yil 1-oktyabrga kelib, mintaqaning deyarli barcha aholisi Armanistonga qochib ketdi.

Yana qarang

  • Separatizm
  • Janubiy Osetiya
  • Lugansk xalq respublikasi
  • Donetsk xalq respublikasi

Manbalar

  1. 62/243 Ozarbayjonning bosib olingan hudularidagi holat

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Arsax respublikasi haqida, Arsax respublikasi nima? Arsax respublikasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan