Hojixon Boltayev
Hojixon Boltayev (1902, Xonqa (hozirgi Yangiariq) tumani Qorchimon qishlogʻi 1987.12.8, Chorjoʻy (Xonqa tumani qabristoniga dafn etilgan)) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Xorazmmaqomchilik maktabining namoyandasi. Xorazm viloyati musiqali drama teatrida (1934— 41, 1949-61), milliy estradada (1942-49), M. Xudoybergenov rahbarligidagi maqom ansamblida (1942— 45) ishlagan. 1962—72 yillarda Urganch shahri madaniyat uyida oʻzi tashkil etgan maqomchilar ansamblining rahbari. Repertuaridan Xorazm maqomlari, suvoralar va boshqa yirik ashula yoʻllari oʻrin olgan. Jarangdor va yoqimli ovoz sohibi. Tovush kuchini ravon taqsimlash, avjlarga yengil chiqa borish va ularni uzoqsaqlay olish B. uslubiga xos. B. toʻla ijro etgan Buzruk, Segoh maqomlari Sanʼatshunoslik instituti, koʻplab suvora va maqom yoʻllari Oʻzbekiston radiosi hamda Toshkent gramyozuv studiyasi tomonidan yozib olingan. Hajixon Boltayev Xorazm maqomchilaridan N. Yusupova, Q. Iskandarov, hofizlardan R. Jumaniyozov, K. Hojiyev, S. Avazov va boshqa ning ustozi. 1990-yildan Xorazmda B. nomida xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Hojixon Boltayev haqida, Hojixon Boltayev nima? Hojixon Boltayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!