Arslonmurat Amanov
![]() Amanov with Turkmenistan in 2015 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Arslanmyrat Amanmyradowiç Amanow | ||
| Tavallud sanasi | 28-mart 1990-yil | ||
| Tavallud joyi | Baýramaly, Turkmaniston SSR, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ahal | ||
| Raqami | 77 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007–2009 | Ashgabat | 0 | (0) |
| 2010–2012 | Ýedigen | 11 | (1) |
| 2012 | Okzhetpes | 11 | (1) |
| 2013 | Ýedigen | 1 | (0) |
| 2014 | Irtysh | 24 | (1) |
| 2015–2016 | Olmaliq | 54 | (8) |
| 2017 | Altyn Asyr | 10 | (1) |
| 2018 | Buxoro | 29 | (5) |
| 2019 | Lokomotiv Toshkent | 23 | (4) |
| 2020 | AGMK | 23 | (2) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2009– | Turkmaniston | 53 | (13) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 9-iyun uchun) | |||
Arslanmyrat Amanmyradowich Amanow (1990-yil 28-martda tugʻilgan) — turkmanistonlik professional futbolchi, "Ahal" safida qanot himoyachisi va Turkmaniston milliy futbol jamoasi sardori. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida mamlakat sharafini himoya qilgan.
Shaxsiy hayoti
| ]Arslonmirat Amanov Mari viloyatining Bayramali shahrida tugʻilgan. U Ashxoboddagi sport maktabi akademiyasida futbol bilan shugʻullana boshlagan.
Karyerasi
| ]U oʻzining professional faoliyatini 2007-yilda „Ashxobod“ klubida boshlagan va u yerda dastlabki ikki mavsumini oʻtkazgan. 2010-yildan 2012-yilgacha u FC HTTUda oʻynagan. Shuningdek, 2012-yil davomida u Qozogʻistonning „Oqjetpes“ klubida 11 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
2013-yil davomida u FK HTTU jamoasiga qaytdi.
2014-yil mart oyida Amanov Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili "Irtish Pavlodar" bilan shartnoma imzoladi. „Irtish“ bilan bir mavsumdan soʻng Amanov 2014-yilning dekabrida klubni tark etdi. U ushbu klub tarkibida 24 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasining "Olmaliq" klubida toʻp surgan, 54 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
2017-yilda „Oltin Asir“ klubida oʻynagan. 2018-yilda u Oʻzbekistonning boshqa bir klubi Buxoro FK bilan shartnoma imzoladi.
2019-yil 31-yanvar kuni u Oʻzbekiston chempioni, ayni davrdagi liganing eng kuchli jamoasi Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi.
2020-yilning qishida Amanov AGMK FK bilan bir yillik shartnoma imzoladi, u 2015 va 2016-yillarda oʻynagan edi.
2021-yilning yanvar oyida u "Soʻgʻdiyona Jizzax" klubi bilan shartnoma imzoladi. Iyul oyida uning „Soʻgʻdiyona“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingandi. U vatani Turkmanistonga qaytib, „Ahal“ klubiga oʻtdi.

Xalqaro martaba
| ]2009-yildan buyon Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U 2010-yil OFK Chaqiruv kubogi yarim finalida Tojikistonga qarshi oʻyinda gol urgan.
Hozirgacha u oʻz jamoasida 53 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan, yaʼni turkmanistonlik futbolchilar orasida eng koʻp xalqaro maydonga tushish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Jamoa vitse-sardorlaridan biri.
2018-yilning dekabr oyida u Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9-yanvar kuni guruh bosqichining birinchi oʻyinida Yaponiyaga qarshi oʻyinning 27-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Turkmaniston terma jamoasi oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Faoliyat statistikasi
| ]Xalqaro
| ]| Turkmaniston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2009 | 2 | 0 |
| 2010 | 4 | 1 |
| 2011 | 5 | 1 |
| 2012 | 6 | 2 |
| 2013 | 2 | 1 |
| 2014 | 1 | 0 |
| 2015 | 6 | 2 |
| 2016 | 3 | 1 |
| 2017 | 6 | 0 |
| 2018 | 3 | 1 |
| 2019 | 7 | 4 |
| 2021 | 2 | 0 |
| 2022 | 6 | 0 |
| Jami | 53 | 13 |
2019-yil 14-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Terma jamoa statistikasi
| ]- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Turkmanistonning gollar sonini sanab oʻtadi.
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2010-yil 24-fevral | Sugathadasa stadioni, Kolombo | 1–0 | 2–0 | 2010-yil OFK Chaqiruv kubogi | |
| 2. | 2011-yil 21 mart | MBPJ stadioni, Petaling Jaya | 2–0 | 3–0 | 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi | |
| 3. | 2012-yil 8-mart | Halchowk stadioni, Katmandu | 3–1 | 3–1 | 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi | |
| 4. | 2012-yil 16-mart | Dasarath Rangasala stadioni, Katmandu | 1–1 | 2–1 | ||
| 5. | 2013-yil 22-mart | Rizal Memorial stadioni, Manila | 1–0 | 7–0 | 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi | |
| 6. | 2015-yil 3-sentyabr | Al-Seeb stadioni, Seeb | 1–3 | 1–3 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 7. | 2015-yil 8-oktyabr | Köpetdag stadioni, Ashxobod | 2–1 | 2–1 | ||
| 8. | 2016-yil 29-mart | Javoharlal Neru stadioni, Kochi | 1–1 | 2–1 | ||
| 9. | 2018-yil 28-dekabr | Miracle Resort mehmonxonasi, Antaliya | 2–2 | 2–2 | Doʻstona | |
| 10. | 2019-yil 9-yanvar | Al-Nahyon stadioni, Abu Dabi | 1–0 | 2–3 | 2019-yilgi Osiyo kubogi | |
| 11. | 2019-yil 5-sentyabr | Kolombo poygasi, Kolombo | 2 — 0 | 2-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 12. | 2019-yil 15-oktyabr | Jabir al-Ahmad xalqaro stadioni, Quvayt shahri | 1 — 0 | 1-1 | Doʻstona | |
| 13. | 2019-yil 14-noyabr | Köpetdag stadioni, Ashxobod | 2 — 0 | 3-1 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 14. | 2022-yil 11-iyun | Bukit Jalil milliy stadioni, Kuala-Lumpur | 2 — 1 | 2-1 | 2023-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
Yutuqlar
| ]Ashxobod
- OKari Liga : 2007, 2008
HTTU
- Yokari ligasi : 2013
- Turkmaniston kubogi : 2011
Lokomotiv Toshkent
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019
Turkmaniston
- OFK Chaqiruv kubogi sohibi: 2010, 2012
Manbalar
| ]- „Arslanmyrat Amanow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com.
- „Арсланмурад Аманов вернулся в узбекский АГМК | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
- „Turkmenistan skipper Amanow hails fans' role in success“. www.fifa.com.[sayt ishlamaydi]
- „"Окжетпес" переиграл "Жетысу" в битве аутсайдеров“. Vesti.kz.
- „Коробов, Аманов и Байжанов — новички Иртыша“ (ruscha). sports.kz. sports.kz (8-mart 2014-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2014-yil.
- „Арсланмурада Аманова не будет в Иртыше“ (ruscha). fcirtysh.kz. FC Irtysh Pavlodar (7-dekabr 2014-yil). 20-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2014-yil.
- „Арслонмурод Амонов – "Локомотив" футболчиси“. lokomotiv.uz.
- „"Согдиана" подписала контракт с Арсланмурадом Амановым | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
- „"Согдиана" и полузащитник Аманов расторгли контракт по обоюдному согласию | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
- „Эшитдик-да! Арсланмират Аманов "Сўғдиёна"ни тарк этди“. CHAMPIONAT.asia.
- „Улуғбек Бақоев: "Аманов оилавий сабаб туфайли жамоамизни тарк этди"“. CHAMPIONAT.asia.
- „Арсланмурад Аманов: «Первое место в группе отборочного турнира ЧМ-2022 для сборной Туркменистана многое значит» | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
- „Arslanmyrat Amanow“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 25-avgust 2016-yil.
Havolalar
| ]- Arslonmurat Amanov National-Football-Teams.com saytida
- Arslonmurat Amanov Soccerway saytida
- 28-martda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Oqjetpes klubi futbolchilari
- FC Aşgabat futbolchilari
- FC Ahal futbolchilari
- Sri Pahang FC futbolchilari
- FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Arslonmurat Amanov haqida, Arslonmurat Amanov nima? Arslonmurat Amanov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!