Berdi Shomurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Berdi va familiyasi Shomurodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Berdi Shomurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Berdi Bayrammurodovich Shomurodov
Tavallud sanasi 22-iyun 1982-yil (1982-06-22) (43 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nebitchi (yordamchi murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2003 Ahal (1)
2004 MTTU (19)
2004—2005 FK Karvan 5 (0)
2005—2010 MTTU (106)
2011—2012 Ashxobod
2012—2013 MTTU
2014 Altyn Asyr
2015—2017 Ashxobod (3)
Milliy terma jamoa
2008—2015 Turkmaniston 24 (10)
Boshqargan klublari
2020— Nebitchi (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 19-noyabr uchun)

Berdi Bayrammurodovich Shomurodov (turkmancha: Berdi Baýrammyradowiç Şamyradow; 1982-yil 22-iyun Ashxobodda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiy va sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Berdi 2008—2015-yillarda Turkmaniston milliy terma jamoasi safida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Olti yoshidan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi murabbiysi Andrey Ivanovich Skorichenko edi. Keyinchalik Shomurodov bilan murabbiy sifatida Boris Grigoryan ishlagan.

Professional faoliyatini „Ahal“ klubida boshlagan.

2004-yildan boshlab MTTU jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida 19 ta gol urib, 2004-yilgi Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

2004/05-yilgi mavsumning birinchi yarmida Ozarbayjonning Yevlax shahridagi „Karvan“ jamoasida toʻp surgan.

2005-yil boshida vataniga qaytib, yana MTTU safida oʻynay boshlagan. 2005-yilda jamoasi bilan birga mamlakat chempioni unvonini qoʻlga kiritgan va 30 ta gol urib, chempionatning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. Shuningdek, 2007-yilda (16 ta gol), 2008-yilda (12 ta gol), 2009-yilda (18 ta gol) va 2010-yilda (11 ta gol) ham mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Bir necha bor Hamdoʻstlik Chempionlar kubogida ishtirok etgan, 2010-yilda esa MTTU bilan birgalikda ushbu musobaqaning yarim finaligacha yetib borgan.

2011-yilda poytaxtning „Ashxobod“ jamoasi tarkibida oʻynagan.

2013-yilda MTTU jamoasi safida mavsum boshida Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan, mavsum oxirida esa Turkmaniston chempionatining oltin medallariga sazovor boʻlgan.

2014-yilgi mavsumni „Oltin Asr“ jamoasi tarkibida boshladi, dastlabki mavsumning oʻzidayoq Turkmaniston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik „Ashxobod“ jamoasida toʻp surgan, 2017-yilda esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Turkmaniston chempionatlarida jami 200 ga yaqin gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Uzoq vaqt davomida Turkmaniston futbol terma jamoasining sardori boʻlib kelgan. Terma jamoa bilan birga ikki marta OFK Chaqiruv kubogi finaliga chiqishga erishgan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Shomurodov 2020-yil bahorida Ashxobod shahar sport va yoshlar siyosati bosh boshqarmasining 10-sonli sport maktabiga ishga kirgan.

2020-yil avgust oyida Amangilich Kochumov bosh murabbiylik qilayotgan „Nebitchi“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlari

| ]
Turkmaniston
  • AFC Chaqiruv Kubogi finalchisi: 2010, 2012
MTTU
  • Turkmaniston chempioni: 2005, 2006, 2009, 2013
  • Turkmaniston chempionatining kumush medal sovrindori: 2007, 2008
  • Turkmaniston Superkubogi gʻolibi: 2009, 2013
  • Turkmaniston kubogi sovrindori: 2006
  • Turkmaniston kubogi finalchisi: 2008
  • Hamdoʻstlik kubogi yarim finalchisi: 2010
Oltin Asir
  • Turkmaniston chempioni: 2014

Shaxsiy hayoti

| ]

Xalqaro turkman-turk universitetini bitirgan.

Faoliyat statistikasi

| ]

Terma jamoadagi gollari

| ]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2008-yil 3-oktyabr Thong Nhat stadioni, Xoshimin image Vyetnam
1–1
3–2
2008-yil HCM City Intʼl futbol kubogi
2. 2009-yil 14-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé image Maldiv orollari
2–1
3–1
2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
3. 2009-yil 18-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé image Filippin
2–0
5–0
2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
4. 2009-yil 18-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé image Filippin
4–0
5–0
2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
5. 2009-yil 22-oktyabr Thong Nhat stadioni, Xoshimin image Singapur
1–1
2–4
2008-yil HCM City Intʼl futbol kubogi
6. 2010-yil 27-fevral Sugathadasa stadioni, Colombo image Shimoliy Koreya
1–0
1–1
2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi
7. 2011-yil 23-mart MBPJ stadioni, Petaling Jaya image Xitoy Taypeyi
1–0
2–0
2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi
8. 2011-yil 28-iyul Gelora Bung Karno stadioni, Jakarta image Indoneziya
2–4
3–4
2014-yilgi jahon chempionati saralashi
9. 2012-yil 19-mart Dasarath Rangasala stadioni, Katmandu image Shimoliy Koreya
1–0
1–2
2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi

Manbalar

| ]
  1. „Turkmen Portal“. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  2. FIFA.com „Asian goalscoring extraordinaire“. fifa.com (2009-yil 6-avgust). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  3. „Кубок Содружества-2006 в Москве. Берды Шамурадов: Мы слишком рано расслабились“. 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-dekabr.
  4. „ХАРАКТЕР МУЖАЕТ В БОРЬБЕ“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  5. V@DIM „Туркменистан: золотой век“. turkmenistan.gov.tm. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  6. „Неделя здоровья и счастья: пятый день“. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-dekabr.
  7. „«Ахал» — лучший и по очкам, и по мячам“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-dekabr.
  8. 4 ýyldan soň 4-nji çempionlyk (Wayback Machine saytida 2015-07-21 sanasida arxivlangan)
  9. Altyn asyryň şowly başlangyjy
  10. „"Altyn asyr". ýurdumyzyň çempiony“ (2015-yil 31-yanvar). 2015-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  11. „Успешный год команды «Алтын асыр»“. 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
  12. ihyzmatlary.com „Berdi Şamyradowyň üç pökgüsi "Aşgabada" nobatdaky ýeňşi getirdi-Sport-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  13. „Чемпион тоже начал с победы“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  14. Anh Dũng.. „Giải tập huấn thảm hại“ (Vietnamese). Việt Báo (2008-yil 5-oktyabr). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-mart.
  15. FIFA.com „2018 FIFA World Cup Russia - Matches — Turkmenistan-Oman — FIFA.com“. fifa.com. 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  16. „Экс-нападающий сборной Туркменистана Берды Шамурадов будет тренировать молодых футболистов | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  17. „Аманклыч Кочумов возглавил балканабатский "Небитчи" | Спорт“.

Havolalar

| ]
  • Berdi Shomurodov National-Football-Teams.com saytida
  • Berdi Shomurodov Global sport arxivida


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Berdi Shomurodov haqida, Berdi Shomurodov nima? Berdi Shomurodov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan