Avazbek Oʻlmasaliyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Avazbek Alisher oʻgʻli Oʻlmasaliyev | ||
| Tavallud sanasi | 27-mart 2000-yil | ||
| Tavallud joyi | Fargʻona Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.85 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | OKMK | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2013—2016 | Neftchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2018 | Neftchi | 23 | (2) |
| 2019—2021 | Lokomotiv | 23 | (2) |
| 2021 | → Bunyodkor | 18 | (3) |
| 2022—2023 | Bunyodkor | 48 | (1) |
| 2024— | OKMK | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2018—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 4 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Avazbek Alisher oʻgʻli Oʻlmasaliyev (inglizcha: Avazbek Ulmasaliev; 27-mart 2000-yil, Fargʻona, Oʻzbekiston) – Oʻzbek millatiga mansub, Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampulasi boʻyicha markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Olmaliqning „OKMK“ klubi futbolchisi.
Faoliyati
| ]Avazbek Fargʻona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2016-yilgi mavsum „Neftchi“ jamoasi yoshlar tarkibida boshlagan holda 2017-yilgi mavsumda Fargʻona jamoasi bilan ilk bor professional shartnoma imzolagan. Yangi jamoasi tarkibida dastlabki mavsumidayoq asosiy futbolchilardan biriga aylangan va 9 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylangan. 2018-yilgi mavsumda 15 ta oʻyinda ishtirok etib „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda mavsumdagi yagona golini urgan. Mavsum yakunida „Neftchi“ jamoasi quyi ligaga tushib ketganligi sababli Oʻlmasaliyev jamoasini oʻzgartiradi va 2018-yilgi mavsum chempioni Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan 2019-yilda shartnoma imzolagan. Yangi jamoasida dastlabki sovrini 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogida qoʻlga kiritgan. Temiryoʻlchilar jamoasi tarkibida ikki mavsumda oʻynab asosiy futbolchilaridan biriga aylana olmagan Avazbek 2021-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Bunyodkor“ klubiga ijaraga berilgan. Bunyodkor klubida bir mavsumda davomida jamoaning ishonchli oyinchilaridan biriga aylangan va mavsum yakunida „Paxtakor“ klubidan futbolchiga qiziqish bildirilgan. 2022-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan Avazbek, keyinchalik shartnoma shartlari borasida kelisha olmay bir oydan soʻng „Bunyodkor“ klubiga qaytgan. 2022-yilgi mavsumni Bunyodkor klubida boshlagan xolda ikki mavsum davomida Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlarida 48 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan, 2023-yilgi mavsumda klub sardori darajasigacha koʻtarilgan. 2023-yilgi mavsum yakunida Bunyodlkor klubi bilan shartnoma yakunlangan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan. 2023-yil dekabr oyida Moskvaning „SSKA“ jamoasi Oʻlmasaliyevni oʻz safiga qoʻshib olmoqchiligi toʻgʻrisida OAVlarida xabar berilgan. 2024-yil 9-yanvar kuni Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2019
Manbalar
| ]- „«Нефтчи» ёшлари «Цементчи»ни мағлуб этди“ (2016-yil 18-iyul).
- „"Нефтчи" янги футболчиларни таништирди“ (2017-yil 3-avgust).
- „Музаффаров ёш жамоадошига омад тилади“ (2017-yil 21-noyabr).
- „Суперлига: «Пахтакор»да ғалаба, Насаф» эса сафарда мағлуб бўлди“ (2018-yil 22-sentyabr).
- „Суперлига-2018. Энг ёш ва энг фахрий футболчилар ҳақида“ (07 дек 2018).
- „“Локомотив” янги футболчиларни таништирди ФОТО“ (28 фев 2019).
- „"Локомотив" янги йил олдидан яна бир трансферга қўл урди“ (31 дек 2018).
- „Кеча қўрқинчли жароҳат олган "Нефтчи" футболчиси қачон сафга қайтади? ВИДЕО (+18)“ (23 сен 2018).
- „«Бунёдкор» ўз олдига чемпионликни мақсад қилиб қўймоқда“ (2021-yil 9-mart).
- „Расмий хабар: Авазбек Ўлмасалиев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2022-yil 11-yanvar).
- „Авазбек Ўлмасалиевнинг шов-шувли трансфери: у нима сабабдан "Бунёдкор"га қайтганини маълум қилди“ (2022-yil 1-fevral).
- „Расман: 11 январь куни "Пахтакор" билан шартнома имзолаган Авазбек Ўлмасалиев кутилмаганда "Бунёдкор" аъзосига айланди“ (2022-yil 1-fevral).
- „"Бунёдкор" янги харидни амалга оширди (фото)“ (2022-yil 1-fevral).
- „"Биз ҳали кўп жамоаларга бош оғриқ бўламиз" — "Бунёдкор"нинг янги сардори“ (2023-yil 9-sentyabr).
- „Авазбек Ўлмасалиев эркин агентга айланди“ (2023-yil 23-dekabr).
- „Защитник «Бунедкора» Улмасалиев стал свободным агентом. Им интересуется ЦСКА“ (2023-yil 23-dekabr). 2023-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
- „Расман: ОКМК "Бунёдкор" сардори билан шартнома имзолаганини эълон қилди“ (2024-yil 9-yanvar).
Havolalar
| ]- Avazbek Oʻlmasaliyev Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Avazbek Oʻlmasaliyev Soccerway saytida
- 27-martda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi futbolchilari
- O‘zbekiston 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Avazbek Oʻlmasaliyev haqida, Avazbek Oʻlmasaliyev nima? Avazbek Oʻlmasaliyev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!