Aʼzam Abdullayev
| Aʼzam Abdullayev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 27-aprel 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 5-oktyabr 1983-yil Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Aʼzam Abdullayev (toʻliq ismi: Abdullayev Aʼzam Abdushukurovich; 1983-yil 5-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Axborot texnologiyalari va Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis. 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat inspeksiyasining boshligʻi.
Biografiyasi
| ]Aʼzam Abdullayev 1983-yil 5-oktyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2001—2005-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini, 2005—2007-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
| ]- Mehnat faoliyatini 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri Shayxontoxur tumani 6-foydalanish tarmogʻi 2-darajali sozlovchisi sifatida boshlagan.
- 2006—2008-yillarda „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi „ZiyoNET“ Axborot resurs markazi tarmoq sektori 1-toifali mutaxassisi.
- 2008—2009-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Standartlashtirish tayanch tashkiloti normativ hujjatlar maʼlumot-axborot fondini yuritish sektori yetakchi muhandisi.
- 2009—2012-yillarda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati 1-toifali mutaxassisi.
- 2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2016—2018-yillarda vazirlikning Elektron hukumatni joriy qilish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi Elektron hukumat loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
- 2018—2019-yillarda „Toshyoʻlovchitransxizmat“ Unitar korxonasi direktori.
- 2019—2022-yillarda „Tashshahartransxizmat“ Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining Axborot texnologiyalari va mahalliylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
- 2022—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi, 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlangan.
Oilasi
| ]Oilali, 1 nafar qiz, 3 nafar oʻgʻil farzandi bor[manba kerak].
Manbalar
| ]- https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/27/uzkomnazorat/Gazeta.uz[sayt ishlamaydi] sayti, 2022-yil 27-apreldagi „Uzkomnazorat vozglavil Aʼzam Abdullaev“ nomli xabari
- https://t.me/huquqiyaxborot/11587, Hukumatning 216-son qarori, 2022-yil 27-aprel, Lex.uz
- „A’zam Abdullayev “O‘zkomnazorat” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-dekabr.
- 5-oktyabrda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Vikipediya:Manba kerak taʼkidli maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aʼzam Abdullayev haqida, Aʼzam Abdullayev nima? Aʼzam Abdullayev nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!