Aviasozlar mahallasi
Aviasozlar mahallasi (Qorasuv koʻchasi, 17) — Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Maxmur, Bobur va Yashnobod mahallalari bilan chegaradosh. 1992-yil tashkil topgan. Mahalla nomi 1946-yil Rossiyadan aviatsiya zavodining Toshkentga koʻchirib kelinishi bilan bogʻliq. Mahalla hududida, asosan, shu kasb egalari uchun koʻp qavatli uylar qurilgan. Aholisi 8931 kishi boʻlib, 20 dan ortiq millat vakillari (oʻzbek, rus, qozoq, koreys va boshqalar)dan iborat. Mahalla hududida maktab, 30-mehribonlik uyi, 103-maxsus internat maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, stomatologiya markazi, stadion, dorixona va boshqalar mavjud.
Manbalar
| ]- Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.
- Yashnobod tumanidagi mahallalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aviasozlar mahallasi haqida, Aviasozlar mahallasi nima? Aviasozlar mahallasi nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!