Bahodir Jalolov

Bahodir Isomiddin oʻgʻli Jalolov (1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) – ogʻir vazn toifasida professional bokschi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni (2020-yil, 2024-yil), ikki karra jahon chempioni (2019-yil, 2023-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlangan.

Bahodir Jalolov
image
Statistikasi
Asl ismi Bahodir Isomiddin oʻgʻli Jalolov
Vazn toifasi Oʻta ogʻir vazn
Boʻyi 201 cm
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavalludi 8-iyul 1994-yil (1994-07-08) (31 yosh)
Sariosiyo, Oʻzbekiston
Uslubi Chapaqay bokschi
Medallari va yutuqlari

imageimageimage image

Havaskor boks
image Oʻzbekiston vakili
Olimpiada oʻyinlari
Oltin Tokio-2020 Oʻta ogʻir vazn
Oltin Parij-2024 Oʻta ogʻir vazn
Jahon chempionati
Oltin Yekaterinburg-2019 Oʻta ogʻir vazn
Oltin Toshkent-2023 Oʻta ogʻir vazn
Bronza Doha-2015 Oʻta ogʻir vazn
Osiyo oʻyinlari
Oltin Xanchjou-2017 Oʻta ogʻir vazn
Osiyo chempionati
Oltin Toshkent-2017 Oʻta ogʻir vazn
Oltin Bangkok-2019 Oʻta ogʻir vazn
Oltin Dubay-2021 Oʻta ogʻir vazn

Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani – 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentyabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.

Boshlangʻich faoliyati

U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.

2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari

image
Ringda

2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi – Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.

2017-yil

2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.

2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi.

2019-yil

2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.

2019-yil sentyabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib, yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0) va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi.

2021-yil

2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi.

2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi.

2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.

2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari

2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo/Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi – „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi..

2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari

Bahodir Jalolov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida norvegiyalik Omar Shixani 5:0 hisobidamagʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Junior Teremoanani 5:0 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda germaniyalik bokschi Nelvie Tiafak ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Finalda ispaniyalik Ayub Gadfa bilan toʻqnashdi. Bahodir Jalolov 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Professional faoliyati

2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi.

2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdi.

N Natija Rekord Raqib Turi Raund, vaqt Sana Manzil Eslatma
13 Gʻalaba 8–0 Onorede Ehwareme KO 1 (8), 2:14 26-avgust 2023 Hard Rock Hotel & Casino, Tulsa, Oklahoma, AQSh
12 Gʻalaba 12-0 Curtis Harper KO 4 (10), 1:53 26-noyabr 2022 Dignity Health Sports Park, Carson, Kaliforniya, AQSh
11 Gʻalaba 11-0 Jack Mulowayi KO 8 (8), 1:20 10-iyun 2022 Turning Stone Resort & Casino, Verona, Nyu York, AQSh
10 Gʻalaba 10-0 Kamil Sokołowski TKO 5 (8), 1:17 18-mart 2022 Aviation Club Tennis Centre, Dubay, BAA
9 Gʻalaba 9-0 Julio Cesar Calimeno TKO 1 (6), 0:46 11-dekabr 2021 Coca-Cola Arena, Dubay, BAA
8 Gʻalaba 8-0 Kristaps Zutis TKO 2 (6), 1:16 3-aprel 2021 Humo muz saroyi, Toshkent, O'zbekiston
7 Gʻalaba 7-0 Wilfredo Leal RTD 1 (6), 3:00 12-dekabr 2020 Salon CTM, San Luis Rio Colorado, Meksika
6 Gʻalaba 6-0 Brendan Barrett KO 1 (6), 2:45 10-aprel 2019 Sony Hall, Nyu York, AQSh WBC-NABF o'smirlar og'ir vazn unvoni
5 Gʻalaba 5-0 Willie Harvey TKO 2 (6), 1:11 15-mart 2019 Marconi Automotive Museum, Tustin, Kaliforniya, AQSh
4 Gʻalaba 4-0 Marquis Valentine KO 1 (4), 2:29 8-dekabr 2018 Industry Hills Expo Center, La Puente, Kaliforniya, AQSh
3 Gʻalaba 3-0 Tyrell Wright RTD 4 (6), 3:00 27-oktyabr 2018 Hulu Theater, Nyu York, AQSh
2 Gʻalaba 2-0 Eduardo Vitela KO 1 (6), 0:47 29-sentyabr 2018 Kings Theatre, Nyu York, AQSh
1 Gʻalaba 1-0 Hugo Trujillo TKO 3 (6), 1:14 5-may 2018 Foxwoods Resort Casino, Mashantucket, Konnectikut, AQSh

Unvon va mukofotlari

  • 2019-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni;
  • 2021-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining „Eng yaxshi bokschisi“ deb eʼtirof etilgan;
  • 2021-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni;
  • 2024-yilda El-yurt hurmati ordeni;
  • 2024-yilda „Aʼlo xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni;
  • 2024-yilda podpolkovnik harbiy unvoni berildi.

Manbalar

  1. „Boxing JALOLOV Bakhodir – Tokyo 2020 Olympics“. web.archive.org. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
  2. „Проспекты. Баходир Джалолов. Факты о боксёре“ (ru). Boxanalitika.ru (2 марта 2018). 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
  3. „ЧМ-2017 в Гамбурге: результаты всех поединков дневной сессии 28 августа“ (ru). vRINGe.com (28 августа 2017). Qaraldi: 2018-yil 5-dekabr.
  4. „Четвертьфиналы ЧМ-2017 в Гамбурге: результаты поединков вечерней сессии 29 августа“ (ru). vRINGe.com (30 августа 2017). Qaraldi: 2018-yil 5-dekabr.
  5. „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех поединков 1/4 финала“ (rus). vRINGe.com (18 сентября 2019). Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
  6. „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех полуфиналов“ (rus). vRINGe.com (20 сентября 2019). Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
  7. „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех финалов“ (rus). vRINGe.com (21 сентября 2019). Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
  8. „Видео всех финальных поединков чемпионата мира по боксу 2019 в Екатеринбурге“ (rus). vRINGe.com (22 сентября 2019). Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
  9. „Странджа-2021: все победители и призёры турнира в Болгарии“ (rus). vRINGe.com (28 февраля 2021). Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  10. „"Кубок Губернатора Санкт-Петербурга". Итоги“ (rus). Сайт Федерации бокса России (24 апреля 2021). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  11. „Бокс на Олимпийских играх 2020. Баходир Джалолов победил Мухаммада Абдуллаева“ (rus). vRINGe.com (29 июля 2021). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  12. „Токио-2020. Баҳодир Жалолов олтин медални қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  13. „Баҳодир Жалоловга «Chevrolet Tahoe» совға қилинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  14. „Токио Олимпиадаси ғолибларига энг кўп мукофот пули тўлаган мамлакатлар эълон қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  15. „Bahodir Jalolov - ikka karra Olimpiada chempioni“. kun.uz. Qaraldi: 10-avgust 2024-yil.
  16. „Узбекистанский супертяжеловес–нокаутёр Баходир Джалолов перешёл в профи“ (rus). vRINGe.com (5 февраля 2018). Qaraldi: 2018-yil 27-fevral.
  17. „Баходир Жалолов: Это только начало, в планах принять участие в Олимпиаде-2020 и завоевать золотую медаль“ (rus). Сайт «Олимпийского комитета Узбекистана» (6 мая 2018). 2020-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-may. (Wayback Machine saytida 2020-01-27 sanasida arxivlangan)
  18. https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/11/boxing/
  19. „Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li“. milliygvardiya.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  20. „Bahodir Jalolov “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi“. qalampir.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  21. „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  22. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  23. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
  24. „Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bahodir Jalolov haqida, Bahodir Jalolov nima? Bahodir Jalolov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan