Bahodir Yusupov

Bahodir Tursunovich Yusupov (1961-yil 16-avgustda tugʻilgan, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat va siyosat arbobi. 2009-yildan 2015-yil 26-noyabrgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2018-yil fevraldan 2019-yil 28-yanvargacha Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri. Ikkinchi va uchinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori etib saylangan.

Bahodir Yusupov
image
 Qishloq xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2018-yil fevral – 2019-yil 28-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Jamshid Xoʻjayev
image
 Namangan viloyati hokimi
Mansab davri
2009-yildan – 2015-yil 26-noyabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ikromxon Najmiddinov
Vorisi Xayrullo Bozorov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-avgust 1961-yil (1961-08-16) (64 yosh)
Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Mukofotlari imageimage

Biografiyasi

  • 1982-yilda Toshkent davlat texnika universitetini muhandis-texnologiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
  • 1982-1984 — Namangan viloyatidagi 2-sonli gʻisht zavodida usta, katta usta.
  • 1984-1986 - Namangan viloyati 15-sonli gʻisht zavodining boʻlim boshligʻi, bosh muhandisi, direktori boʻlgan.
  • 1986-1988 - Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kollektiv xoʻjaligi yoshlar qoʻmitasining kotibi.
  • 1988-1989 — Uchqoʻrgʻon tumani yoshlar qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, ikkinchi kotibi.
  • 1989-1994 — Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kolxozi partiya qoʻmitasi kotibi, boshqaruv raisi oʻrinbosari.
  • 1994-1998 — Uchqoʻrgʻon viloyati „Andijon“ kolxozi boshqaruvi raisi.
  • 1996-1998 - Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining talabasi boʻlgan.
  • 1998-2001 — Uchqoʻrgʻon tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
  • 2001-2004 - Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
  • 2004-2009 - Chust tumani hokimi.
  • 2009-yil 27-dekabrda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining deputati boʻldi.
  • 2010-2015 - Namangan viloyati hokimi.
  • 2010-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi.
  • 2015-2018 - Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi.
  • 2018-2019 - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri.
  • 2019-2021 — Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimi. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
  • 2021-yildan - Namangan viloyati xalq qabulxonasi mudiri.

Manbalar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bahodir Yusupov haqida, Bahodir Yusupov nima? Bahodir Yusupov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan