Jamshid Xoʻjayev
Ushbu maqola iqtisodchi haqida. Pedagog haqida Jamshid Xoʻjayev (pedagog) maqolasiga qarang.
Jamshid Xo'jayev | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 16-iyuldan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sardor Umrzoqov |
Mansab davri 2017-yil 1-noyabrdan – 2019-yil 28-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Elyor Gʻaniyev |
Vorisi | Sardor Umrzoqov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2019-yil 28-yanvardan – 2022-yil 16-iyulgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Yusupov |
Vorisi | Aziz Voitov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 16-iyul | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 3-mart 1979-yil Qoʻqon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Birmingem universiteti |
Mukofotlari | ![]() |
Jamshid Abduhakimovich Xoʻjayev (1979-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi. 2022-yil 30-dekabrdan hozirgi kunga qadar – Bosh vazir oʻrinbosari.
Biografiyasi
Jamshid Xoʻjayev 1979-yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tavallud topgan.
Taʼlimi
2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan soʻng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Ixtisosligi – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi
Commerzbank (Germaniya), IMF (AQSh), Standard Bank (Janubiy Afrika), JPMorgan Chase (AQSh), Bank of Russia (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin, (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) va boshqa koʻplab tashkilotlarning bir qator xorijiy treninglari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Oʻzbek xalqaro banki „Oʻzprivatbank“ 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2003- 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boʻlim boshligʻi, departament direktori, 2017-yilda Oʻzbekiston milliy banki raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab, gʻaznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihalarni moliyalashtirish va boshqa boʻlimlarga rahbarlik qilgan.
2017-yil avgust oyida – Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari – Davlat byudjeti tushumlarining toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.
2017-yildan 2019-yilgacha – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2019-yil 28-yanvardan – 2022-yil 16-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri.
2020-yil noyabr oyidan – FAO Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasi 32-sessiyasi raisi.
2020-yil dekabrdan 2022-yil may oyigacha – Mustaqil Davlatlar Ittifoqi (MDH AIC) agrosanoat majmuasi boʻyicha hukumatlararo kengash raisi.
2021-yil 10-sentyabrdan Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi lavozimlarida xizmat koʻrsatgan.
2020-yil 1-sentyabrda – Xoʻjayevning nomzodi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi aʼzosi sifatida tasdiqlangan.
2022-yil 17-iyuldan 30-dekabrgacha – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri.
Uning bevosita ishtirokida xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi 17 ta yetakchi jahon banklari, jumladan, AQSH, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar banklari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan, shuningdek, eng yirik axborot va "Reuters" va "Bloomberg" analitik kompaniyalariga ham rahbarlik qilgan.
Bank tizimida 2000-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston Markaziy bankidagi 14 yillik mehnat faoliyatining 8 yili davomida ushbu bankda rahbar lavozimida ishlagan.
Xoʻjayev rahbarligida jahonning yetakchi davlatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari) ilgʻor tajribalari asosida mamlakatimiz oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish boʻyicha ishlar, xalqaro bozorlarni kundalik monitoring qilish mexanizmi va jahonning bir qator yetakchi banklari bilan hamkorlik ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Xoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish, uning faoliyatini tartibga solishning toʻliq meʼyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek, jamgʻarmaning resurs bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ham bevosita ishtirok etgan.
Mukofotlari
2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
- https://kun.uz/uz/news/2022/07/16/jamshid-xojayev-tashqi-savdo-vaziri-lavozimiga-qaytdi
- miit.uz. „Жамшид Ходжаев одобрен на должность вице-премьера“ (ru). miit.uz (2022-yil 30-dekabr).
- Министерство инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан. „Жамшид Ходжаев возглавил Министерство инвестиций и внешней торговли“ (Русский). Министерство инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан. https://mift.uz/ru+(2022-yil 17-iyul). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- „Жамшид Ходжаев возглавил Министерство сельского хозяйства“ (ru). Газета.uz (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- „32-я сессия Региональной конференции ФАО по Европе 2-4 ноября 2020 г.“ (ru). Tashkent city - Congress centre. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- UzDaily. „Европа и Центральная Азия обязуются обеспечить продовольственную безопасность, устойчивость и инклюзивность агропродовольственных систем“. UzDaily (16/05/2022).
- газета.uz. „Жамшид Ходжаев стал врио ректора Аграрного университета“. газета.uz (11 сентября 2021, 18:15).
- https://uzlidep.uz/ru/
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jamshid Xoʻjayev haqida, Jamshid Xoʻjayev nima? Jamshid Xoʻjayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!