Baxtiyor Saidov

Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Saidov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Baxtiyor Odilovich Saidov (tugʻ. 1981-yil, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, elchisi va davlat arbobi. 2021-yildan 2022-yl soʻngiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.

Baxtiyor Odilovich Saidov
image
Saidov (2024)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
30-dekabr 2022-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Vladimir Norov
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri
Mansab davri
2021-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Shermatov
Vorisi lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-aprel 1981-yil (1981-04-22) (44 yosh)
Samarqand, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari image

Hayoti

2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil yanvar oyida „Oʻzbekengilsanoat“ AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi boʻlib ishlagan. 2018-yil 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi bõlib ham ishlagan.

2021-yil 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Saidov nomzodini Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladi.

Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.

Bayonotlari

Baxtiyor Saidov Xalq taʼlimi vaziri ekan, xalq taʼlimi xodimlarining 280 ming nafari, yaʼni 56 foiz qismining salohiyati talab darajasida emasligi haqida bayonot bilan chiqqan.

Mukofotlari

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.

2020-yilda unga Tszyansi universiteti (Xitoy) faxriy professori unvoni berilgan.

2020-yilda ShHT Mudofaa vazirlari kengashi qarori bilan „Harbiy sohada doʻstlik va hamkorlik“ni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun kengash belgisi bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  2. „Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  3. „САИДОВ Бахтиер Одилович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  4. Kun uz. „Депутаты одобрили кандидатуру Бахтиёра Саидова на пост министра народного образования“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  5. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  6. „Бахтиёр Саидов назначен послом Узбекистана в Монголии“. newslineuz.com. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  7. „Бахтиёр Саидов назначен новым министром народного образования“ (ru-UZ). Газета.uz (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  8. „В Узбекистане утверждены новые главы Мининфокома и МНО“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  9. „O`zbekistonda 280 ming nafar, ya`ni 56 foiz o`qituvchilar salohiyati talab darajasida emas“ (2022-yil 4-may). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Baxtiyor Saidov haqida, Baxtiyor Saidov nima? Baxtiyor Saidov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan