Ulugʻbek Roʻziqulov

Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov – oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2011-2017-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi, OTIHTdagi vakili boʻlgan.

Ulugʻbek Rozukulov
image
image
 Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi
image
 
Mansab davri
2018-yil 20-apreldan – 2023-yil 23-martgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shavkat Jamolov
Vorisi Oybek Eshonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-may 1969-yil (1969-05-03) (56 yosh)
Nurafshon, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari image

Biografiyasi

1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida tugʻilgan.

Taʼlim

1991-yilda Moskva davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

1996-yilda Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot institutining aspiranturasini tugatgan.

Mehnat faoliyati

1992—1997 – Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.

1997—1998 – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining gʻaznachilik bosh boshqarmasi rahbari.

1998—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi rahbari.

2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari.

2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.

2006-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Birlashgan tahliliy departamenti direktori.

2006—2007 – O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori.

2007—2017 – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.

2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.

2011—2017 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori.

2017—2018 – Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi Bosh direktori.

2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2023-yildan – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.

Manbalar

  1. „Ulug'bek Rozukulov O'zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi“.
  2. „Ulug'bek Rozukulov Vyetnamdagi O'zbekiston elchisi etib tayinlandi“. Qaraldi: 2025-yil 10-fevral.
  3. „Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov“.
  4. „Ulugʻbek Rozukulov UzAutoMotors boshqaruv raisi etib tayinlandi“.
  5. „Улугбек Розукулов освобожден от должности вице-премьера“.
  6. „Turin politexnika universitetida forum oʻtkazildi“.
  7. „Валерий Тян покинул пост главы «Узбекистон хаво йуллари»“.
  8. „Ulug‘bek Ro‘ziqulov «O‘zavtosanoat» rahbarligiga qaytdi“.
  9. „Улугбек Розукулов отбыл послом в Индонезию“.
  10. „Улугбек Розукулов стал также послом во Вьетнаме“.
  11. „Улугбек Розукулов назначен послом Узбекистана при АСЕАН“.
  12. „Улугбек Розукулов снова возглавил Узавтопром“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ulugʻbek Roʻziqulov haqida, Ulugʻbek Roʻziqulov nima? Ulugʻbek Roʻziqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan