Berlin operatsiyasi

Berlin operatsiyasi – Ikkinchi jahon urushi davrida amalga oshirilgan eng yirik harbiy operatsiyalardan biri (1945 i. 16.4.—8.5). 1-va 2-Belorussiya va 1-Ukraina (qoʻmondonlar – G. K. Jukov, K. K. Rokossovskiy, I. S. Konev) frontlari qoʻshinlari nemis qoʻshinlarining Oder, Neyse daryolari boʻylari va Zelov tepaliklaridagi mudofaasini yorib oʻtib dushmanning Berlin va Berlinning janubi sharqrogʻidagi yirik guruhlarini qurshab oldi, soʻng qattiq janglarda ularni yoʻq qildi. Sobiq Ittifoq qoʻshinlari 30 aprelda shturm bilan reyxstagni egalladi. 2-mayda Berlin garnizonining omon qolgan qismi taslim boʻldi. 8-mayda Germaniya qoʻmondonligi vakillari Berlinda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining soʻzsiz taslim boʻlgani xususidagi hujjatni imzoladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Berlin operatsiyasi haqida, Berlin operatsiyasi nima? Berlin operatsiyasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan