Botirali Ergashev

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Ergashev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Botirali Haydarali oʻgʻli Ergashev (1995-yil 23-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, „Neftchi“ va futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Botirali Ergashev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Botirali Ergashev
Tavallud sanasi 23-iyun 1995-yil (1995-06-23) (30 yosh)
Tavallud joyi Namangan
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2016 Paxtakor Toshkent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Paxtakor Toshkent 2 (0)
2018—2019 Navbahor Namangan 14 (0)
2019 Dinamo Samarqand 22 (0)
2020 Qoʻqon 1912 14 (0)
2021—2023 OKMK 45 (0)
2024— Neftchi 34 (0)
Milliy terma jamoa
2018 Oʻzbekiston U23 10 (0)
2019– Oʻzbekiston 3 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 24-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun)

Futbolchilik faoliyati

Toshkentning „Paxtakor“ yoshlar jamoasida oʻynagan. U 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida oltita oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, hozirgacha Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar (Olimpiya) terma jamoasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi. 2018-yilning mart oyida u Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. 2021-yiilgi mavsum oldian Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yanvar oyida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro martaba

Ergashev 2019-yil 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan edi.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Botirali Ergashev va uning ota-onasi viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar“. namangan.uz.
  2. „Расмий хабар: Ботирали Эргашев — АГМК футболчисига айланди“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
  3. „Ботирали Эргашев "Нефтчи" футболчиси“ (2024-yil 10-yanvar).
  4. „«Нефтчи» Ботирали Эргашев трансферини эълон қилди“ (2024-yil 10-yanvar).
  5. „Iran vs. Uzbekistan - 19 May 2018 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  6. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar

  • Botirali Ergashev Soccerway saytida
  • Botirali Ergashev FootballDatabase.eu saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Botirali Ergashev haqida, Botirali Ergashev nima? Botirali Ergashev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan