Geoffrey Wilkinson
Uilkinson Jefri (14-iyul 1921, Todmordon – 26-sentyabr 1996, London) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1965-yildan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya—AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya universitetida (1946—50), Massachusets texnologiya institutida (1950—51), Garvard universitetida (1951—55) ishlagan, London universiteti professpr (1956-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, Ernst Fischer bilan hamkorlikda).
Manbalar
| ]- Nobel mukofoti sovrindorlari
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Kimyogarlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- 1996-yilda vafot etganlar
- 14-iyulda tugʻilganlar
- 26-sentyabrda vafot etganlar
- Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Geoffrey Wilkinson haqida, Geoffrey Wilkinson nima? Geoffrey Wilkinson nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!