Charlie Bilodeau
| Charlie Bilodeau | |
|---|---|
| Séguin va Bilodeau | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | |
| Tavalludi | 6-avgust 1993-yil Rimouski, Quebec, Kanada |
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
| Oldingi sheriklari | Lyubov Ilyushechkina Julianne Séguin, Krystel Desjardins |
| Murabbiyi | Richard Gauthier |
| Uchishni boshlagan | 1996 |
| Yakunlagan | 2020 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Qisqa dastur | 68.62 |
| Erkin dastur | 125.51 |
Charlie Bilodeau (talaffuzi: Charli Bilodo; 1993-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi.
Sobiq sherigi Julianne Séguin bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.
Charlie yana bir sobiq sherigi Lyubov Ilyushechkina bilan birga 2019 Chinese Cup turnirida, 2019 CSFinlandia Trophy turnirida hamda 2020-yilda Kanada milliy chempionatida ishtirok etib bronza medali sohibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
| ]Charlie Bilodeau 1993-yil 6-avgustda Kanadaning Kvebek shtatidagi Rimouski shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
| ]Bilodeau 1996-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2012-yil noyabr oyida Segin bilan juftlik hosil qilgan.
2013—2014-yilgi mavsum
| ]Séguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan.
2014—2015-yilgi mavsum
| ]2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Dasturlari
| ]Segin bilan
| ]| Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2017—2018 |
|
|
| 2016—2017 |
|
|
| 2015—2016 |
|
|
| 2014—2015 |
|
|
Natijalari
| ]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Segin bilan
| ]| Xalqaro | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 13—14 | 14—15 | 15—16 | 16—17 | 17—18 | 18—19 |
| Olimpiada | 9 | |||||
| Jahon chempionati | 8 | WD | 11 | 22 | ||
| Toʻrt qitʼa | WD | |||||
| GP finali | 4 | 5 | ||||
| GP Finlandiya | WD | |||||
| GP Fransiya | 3 | WD | ||||
| GP NHK | 4 | |||||
| GP Rostelecom | 5 | 5 | ||||
| GP Skate America | 3 | 1 | ||||
| CS Autumn Classic | 1 | 3 | ||||
| CS Nebelhorn | 5 | |||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||
| Jahon chempionati | WD | 2 | ||||
| JGP finali | 1 | |||||
| JGP Belarusiya | 4 | |||||
| JGP Chexiya | 4 | 1 | ||||
| JGP Germaniya | 1 | |||||
| Milliy | ||||||
| Kanada chempionati | 2-J | 3 | 2 | WD | 2 | |
| J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan | ||||||
Manbalar
| ]- Golinsky, Reut. „Julianne Séguin and Charlie Bilodeau: "Let's have fun! Let's be crazy!"“. Absolute Skating (2016-yil 8-dekabr).
- „Séguin & Bilodeau withdraw from the 2017 Canadian Tire National Skating Championships“. Skate Canada (2017-yil 18-yanvar). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- Yoshida, Hiro. „Julianne Séguin & Charlie Bilodeau Back on Track“. Europe on Ice (2017-yil 26-mart).
- 6-avgustda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Charlie Bilodeau haqida, Charlie Bilodeau nima? Charlie Bilodeau nimani anglatadi?

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!