Maksim Miroshkin
| Maksim Miroshkin | |
|---|---|
| | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Maksim Miroshkin |
| Davlat | |
| Tavalludi | 22-may 1994-yil Yekaterinburg |
| Sherigi | Lina Fyodorova |
| Murabbiyi | Vladislav Jovnirskiy |
| Oldingi murabbiylari | Andrey Hekalo |
| Jamoasi | Vorobyevye Gori |
Maksim Romanovich Miroshkin (ruscha: Максим Романович Мирошкин; 1994-yil 22-mayda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalada qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Lina Fyodorova bilan birga ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori va 2013-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati
| ]Miroshkin 2009-yildan Lina Fyodorova bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan.
Fyodorova / Miroshkin juftligi 2011—2012-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilib, Avstriyada otkazilgan bosqichda 5-oʻrinni egallagan. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdilar.
Fyodorova / Miroshkin juftligi kelasi mavsumda Avstriya va Germaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida kumush va oltin medalni qoʻlga kiritib, finalga yoʻllanma olgan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Warsaw Cup turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan finalda ishtirok etishgan va u yerda ham oltin medal sohibiga aylanishgan. Fyodorova / Miroshkin oʻrtasidagi ozlarining ilk kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida 8-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda 7-oʻrindan joy olib, erkin dasturda birinchi oʻrinni egallagan va umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Fyodorova / Miroshkin juftligi 2014—2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida Julianne Seguin / Charli Bilodea juftligiga yutqazib 2-oʻrinni egallagan. Keyingi musobaqada ular yana bir kumush medalni qoʻlga kiritib, Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan uchinchi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda esa juftlik 165,78 ball toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Keyin juftlik 2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Dasturlari
| ]| Mavsum | Qisqa dastur |
| |
|---|---|---|---|
| 2014 — 2015 |
|
| |
| 2013 — 2014 |
|
| |
| 2012 — 2013 |
|
| |
| 2011 — 2012 |
|
|
Natijalari
| ]CS: Challenger seriyasi (2014—2015-yilgi mavsumda boshlangan); JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Fyodorova bilan
| Xalqaro | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 2009 — 10 | 2010 — 11 | 2011 — 12 | 2012 — 13 | 2013 — 14 | 2014 — 15 | 2015 — 16 |
| GP Cup of China | WD | ||||||
| CS Ice Challenge | 1ㅤ | 1 | 1 | ||||
| CS Warsaw Cup | 2ㅤ | 1 | 2ㅤ | 2ㅤ | |||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya chempionati | 2ㅤ | ||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati | 3 | 3 | |||||
| JGP Final | 1 | 3 | 2ㅤ | ||||
| JGP Avstriya | 5ㅤ | 2ㅤ | |||||
| JGP Czech Rep. | 1 | 2ㅤ | |||||
| JGP Germaniya | 1 | 2ㅤ | |||||
| JGP Slovakiya | 2ㅤ | ||||||
| NRW Trophy | 2ㅤ | 1 | |||||
| Printemps | 1 | ||||||
| Milliy | |||||||
| Rossiya chempionati | 8ㅤ | 6ㅤ | |||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati | 11ㅤ | 1 | 4ㅤ | 2ㅤ | |||
| WD-musobaqani tark etgan | |||||||
Manbalar
| ]- „Лина ФЕДОРОВА — Максим МИРОШКИН: «В нашей паре нет главного»“. 7-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2014-yil.
- „Фёдорова-Мирошкин выиграли серебро на ЮОИ-2012 — FSkate.ru“. 2-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2014-yil.
- 22-mayda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Rossiyalik figurali uchuvchilar
- Figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Maksim Miroshkin haqida, Maksim Miroshkin nima? Maksim Miroshkin nimani anglatadi?

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!