Dilnoza Kubayeva
Dilnoza Oqilbekovna Kubayeva (1986-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbek aktrisasi va qoʻshiqchisi. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi. Kubayeva Kelgindi kelin, Telba Kechikkan hayot, Farzandim, Hijron va Koʻrgim keladi filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2008-yildan 2010-yilgacha oilaviy muammolar sabab Kubayeva aktrisalikni toʻxtatdi. 2011-yil yana kinoga qaytdi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
Dilnoza Kubayeva | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 22-noyabr 1986-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | ![]() |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 2004 — hozirgi vaqtgacha |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 1986-yil 22-noyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1993-1996-yillarda u Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 255-oʻrta maktabning, 1996-2000-yillari Sirgʻali tumanidagi 3-oʻrta maktabning, 2000-2003-yillarda Alisher Navoiy Nomidagi Respublika „Nafis sanʼat“ lisseyining oʻquvchisi boʻlgan. 2003-2007-yillari Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (dramatik teatr va kino aktyorligi sanʼati boʻlimi) talabasi. Bakalavr darajasi berilgan. 2007-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida aktyorlik vazifasida ishlab keladi. 2010-yil „Ozbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, shu yilning oʻzida „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida 2-oʻrin bilan, 2012-yil „Shuhrat“ medali" va 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ kabi mukofotlar va estalik nishonlari bilan taqdirlandi. 2009-yili turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Farzandi — Ahmadaliyev Muhammadamin 2009-yil 28-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. Dilnoza Kubayeva nufuzli davlat tadbirlarida, taqdirlash marosimlari, madaniy-maʼrifiy kechalar hamda taniqli xonandalarning konsert dasturlarida davrani olib boruvchi sifatida ham faol ishtirok etib keladi.
Faoliyati
Teatrdagi debyut roli 2004-yilda sahna yuzini koʻrgan „Andishali kelinchak“ spektakli boʻlsa, kinodagi debyuti 2005-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan Taqdir charxpalagi filmidir.
Filmografiyasi
Filmlar
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2005 | Taqdir charxpalagi | Laylo | |
Kelgindi kuyov | Rayhonning yoshligi | Epizod | |
2006 | Kelgindi kelin | Charos | |
2007 | Advokatlar | Oydin | |
Zumrad va Qimmat | Qimmat | ||
Jazo | Zilola | ||
2008 | Telba | Robiya | |
Sehrli uzuk | Farangiz | ovoz bergan Farangizga (Kaniza) | |
Kichkina odamlar | Zarifa | ||
Afyun girdobi | |||
2010 | Hijron | Mahfuza | |
Oʻgʻrigina kelin | Sayyora | ||
Yuzma-yuz | Feruza | ||
Kechikkan hayot | Shahodat | ||
2011 | Er bermoq — jon bermoq | Durdona | |
Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat | Goʻyo | ||
Farzandim | Nasiba | ||
2012 | Baxt uyi | Malika | |
2013 | Farzandim 2 | Nasiba | |
Sensiz | Malika | ||
2014 | Koʻrgim keladi | Ziyoda Aliyeva | |
2016 | Baron | Izzatning ayoli | |
Er bermoq — jon bermoq 2 | Durdona | ||
Baron 2: Sogʻinch | Izzatning ayoli | ||
Aldangan farishtalar | Jurnalist qiz | ||
Isnod | Jamila | ||
2018 | Vasiyat | Fotima | |
Merosxoʻr | Ona | ||
2019 | Said bilan Saida | Mayor ayol | |
Yolgʻiz boʻri | Zamira | ||
2020 | Oʻzbekcha ajrashish | Mahalla raisi |
Teleseriallar
Yil | Serial | Rol |
---|---|---|
2005 | Qadah | Mohinur |
2008 | Kaminaning oilasi | Bahora |
2008 | Muhabbatim-qismatim | Malika |
2010 | Mehribonginam | Tabassumxon |
2018 | Omonat | Mastura |
2020 | Sevgi | Jamila |
Kliplar
Qoʻshiq | Qoʻshiqchi |
---|---|
„Yomgʻir“ | Shohjahon Joʻrayev |
„Tut qoʻlimdan“ | Yulduz Usmonova |
„Dilozor“ | Gulsanam Mamazoitova |
„Sevgi“ | Via Marokand |
„Farishtam“ | Shuhrat Zokirov |
Spektakllar
Yil | Spektakl | Rol |
---|---|---|
2005 | Andishali kelin | Kelin — Olmaxon |
2006 | Omonat dunyo | Zulayho |
2007 | Birqanotlilar | Nilufar |
2008 | Bevalar | Dildora |
2010 | Sizsiz oʻtmas kunlarim | Iroda |
2010 | Rustam | Qumri |
2010 | Ogoh boʻling, odamlar | Mavjuda |
2011 | Omon boʻlgin azizim | Mehmon ayol |
2015 | Oʻtkan kunlar | Kumushbibi |
2014 | Uyqusiz kecha | Shoira |
2013 | Senga bir gap aytaman | Jurnalist qiz |
2015 | Quyoshni sen uygʻotasan | Shabnam |
2016 | Alisher Navoiy | Guli |
2016 | Mirza Ulugʻbek | Firuza |
2017 | Oʻjarlar | Qorakoʻz |
2017 | Semurgʻ | Semurgʻ |
2007 | Hasrat bogʻi | Kotiba |
2008 | Uvaysiy | Poshaxon |
2012 | Mehr-u muhabbatli sakkiz ayol | Syuzon |
2018 | Abay | Hojar |
2018 | Keldi-yu ketti | Humora |
2019 | Oʻn ikki oy | Oʻgay qiz |
2020 | Boborahim Mashrab | Tamara |
Manbalar
- „Dilnoza Kubayeva (rus.)“. Uzbek-Kino. 2013-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun, 2012. (Archive.is saytida 2013-01-13 sanasida arxivlangan)
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 26-avgust). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
Havolalar
![]() | Vikiomborda Dilnoza Kubayeva haqida turkum mavjud |
- Dilnoza Kubayeva IMDbda
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilnoza Kubayeva haqida, Dilnoza Kubayeva nima? Dilnoza Kubayeva nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!