Turkiya bayrogʻi

Turkiya Respublikasining Davlat bayrogʻi

image

Taʼsis qilingan 1936-yil 29-may
Mutanosibligi 2:3

Turkiya bayrogʻi — Bu Turkiya Respublikasining milliy va rasmiy bayrogʻi. Oq yarim oy va yulduz bilan shakllangan birinchi bayroq ustidagi rangli zamin Tanzimat davrida qabul qilindi, 1844-yilda Abdulmajid davrida qabul qilindi, 1936-yil 29-mayda Respublika davrida Turkiya Respublikasining Davlat bayrogʻi 2994-qonuni bilan davlat bayrogʻi sifatida qabul qilindi. 1983-yil 22-sentabrda bayroq mezonlari 2893-sonli Turkiya bayrogʻi qonuni bilan aniqlandi va bayroq oʻzining yakuniy shaklini oldi.

Afsonaga koʻra, bayroqdagi al qizil qon boʻlib, shahidlarning toʻkilgan qonini anglatadi. Yarim tunda turk bayrogʻining tasviri yarim oy va shu qonda aks etgan yulduz bilan hosil boʻladi. Bu afsona 1389-yilda Kosovoning birinchi jangida yuz bergan deb aytiladi.

Bundan tashqari, Turkiya Davlat madhiyasining birinchi, ikkinchi va oʻninchi qitʼalarida turk bayrogʻi tilga olingan.

Tarixi

image
1844-yilda Usmonlilar imperiyasida qabul qilingan bayroq

Usmonlilar imperiyasidan oldin Onadoʻli turk davlatlarida ishlatilgan bayroq ranglari va ramzlari toʻgʻrisida yetarli maʼlumot yoʻq. Turk bayrogʻi dastlab Oq bayroq sifatida koʻriladi.

XV asrdan keyin Salim I Yovuz davrida Chaldiran jangida yashil bayroq ishlatila boshlandi. Turk bayrogʻiga eng yaqin shakl — Salim III davrida uchraydi. Bayroqda hilol bilan birga sakkiz burchak ishlatilgan. Sakkiz qirrali yulduz shakl ilmiga koʻra gʻalaba deganidir. Tanzimat davrida 1844-yilda Abdulmajid davrida bayroqdagi yulduz besh burchak shaklida boʻlgan.

Sultonlik tugatilgach, bayroqning shakli 1936-yil 29-mayda belgilandi. Turkiya bayrogʻidan foydalanish 1937-yil 28-iyuldagi 27175-sonli „Turk bayrogʻi toʻgʻrisidagi farmon“ bilan tartibga solingan.

Bichimi

Turkiya Vazirlar Mahkamasining 1985-yil 25-yanvardagi 85/9034-sonli qarori va 4-moddasining „Turk bayrogʻi qoidalari“ da bayroqning oʻlchamlari aniqlangan.

Manbalar

  1. arxiv nusxasi, 2013-04-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-20
  2. Map Universal, Turkey Flag Map and Meaning
  3. http://fbe.erciyes.edu.tr/MKA-2005/Dergi/2009-vol25-no-1-2/31.%20%28437-448 %29%2009-nmteknik-02_sonhali_.pdf[sayt ishlamaydi]

Havolalar

  • 22 Eylül 1983 tarih, 2893 sayılı Türk bayrağı Kanunu (turk.)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Turkiya bayrogʻi haqida, Turkiya bayrogʻi nima? Turkiya bayrogʻi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan