Doniyor Abdumannopov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doniyor Abdumannopov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Doniyor Bahtiyorjon oʻgʻli Abdumannopov
Tavallud sanasi 12-oktyabr 2000-yil (2000-10-12) (25 yosh)
Tavallud joyi Marhamat tumani, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.79 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Andijon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2020 Andijon 28+ (3+)
2021   FK Energetik-BGU Minsk 1 (0)
2022 Soʻgʻdiyona 11 (4)
2022 Navbahor 12 (1)
2023 Bunyodkor 13 (1)
2023 Navbahor 10 (1)
2024 Paxtakor 17 (4)
2025— Andijon 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 10-dekabr uchun)

Doniyor Abdumannopov (2000-yil 12-oktyabr) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Andijonning „Andijon“ jamoasi safida toʻp suradi.

Futboldagi faoliyati

| ]

Andijon

| ]

Doniyor oʻzining futboldagi ilk faoliyatini „Andijon“ klubi safida boshlagan. 2019-yildan boshlab Abdumannopov asosiy jamoa safida futbol oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan. U klubdagi debyutini 2019-yilning 10-may kuni „Soʻgʻdiyona“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik esa butun mavsum davomida Abdumannopov zaxirada qolgan va yoshlar jamoasi tarkibida oʻz oʻyinlarini davom ettirgan.

2020-yil boshida futbolchi asosiy jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlaydi. U mavsumdagi ilk oʻyinini 2020-yil 28-fevral kuni „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi oʻtkazagan. Futbolchi klubdagi ilk golini 2020-yilning 30-sentyabr kuni Bekobodning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum oxiriga kelib, futbolchi klub bilan birgalikda pley-off oʻyinlariga yoʻl oladi. 2020-yil 15-dekabr kuni „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazilgan pley-off oʻyinlarida futbolchi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi va klubning Superligada qolishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Yangi mavsum oʻyinlari 2021-yil 11-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi kechgan bahslarda boshlanadi. 2021-yilning 20-mart kuni „Bunyodkor“ klubiga qarshi bahsda sheriklariga golli uzatmani oshirib, oʻzining mavsumdagi ilk eng yaxshi oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻladi. Abdumannopov ilk golini 2021-yilning 27-iyunida AGMK klubiga qarshi kechgan oʻyinda urgan.

Soʻgʻdiyona

| ]

Doniyor Abdumannopov Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida ham toʻp surgan. 2022-yilning yanvarida ijara asosida Oʻzbekistonning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2022-yil 11-mart kuni „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Klubdagi debyut golini esa 2022-yil 26-aprel kuni „Navbahor“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Keyinchalik futbolchi yana 2 ta uchrashuvda 2 ta gol urishhga muvaffaq boʻlgan. 2022-yilning iyul oyiga kelib Doniyor Abdumannopov Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubini tark etgan.

| ]

Doniyor 2022-yilning iyul oyida Navbahor klubi tarkibiga oʻtgan. U klubdagi ilk oʻyinini 2022-yil 2-avgust kuni „Nasaf“ klubiga qarshi kechgan bahslarda oʻtkazgan. Klub bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va 2022-yil 30-oktyabr kuni „Nasaf“ klubi bilan oʻyinlarda toʻqnash kelib, klub safidagi debyut golini urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo qoʻshimcha boʻlimlarda raqiblarning qoʻli baland kelgan va Navbahaor jamoasi ushbu oʻyinni raqiblariga boy bergan. Abdumannopov chempionatdagi ilk golini 2022-yil 12-noyabr kuni AGMK klubiga qarshi soʻnggi tur oʻyinida kiritadi. Mavsum yakunida futbolchi Superliganing kumush medali sohibiga aylangan. 2023-yilning yanvar oyiga kelib esa klubni tark etgan.

2024-yil yanvar oyida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: (2022-yil);
  • Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: (2022-yil);
  • Oʻzbekiston Pro ligasi g'olibi: (2018-yil).

Manbalar

| ]
  1. „Player’s profile at pressball.by“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  2. „Metalourg vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2020-yil 30-sentyabr).
  3. „Neftchi vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2020-yil 15-dekabr).
  4. „Qizilqum vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2021-yil 11-mart).
  5. „Bunyodkor vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2021-yil 20-mart).
  6. „Andijan VS. AGMK“ (en). soccerway.com (2021-yil 27-iyun).
  7. „Дониёр Абдуманнопов возвращается в Узбекистан“ (ru). olamsport.com (2022-yil 4-yanvar).
  8. „Sogdiana vs. Dinamo Samarqand“ (en). soccerway.com (2022-yil 11-mart).
  9. „Navbahor vs. Sogdiana“ (en). soccerway.com (2022-yil 26-aprel).
  10. „Дониёр Абдуманнопов "Навбаҳор"да!“ (uz). sports.uz (2022-yil 29-iyul).
  11. „Nasaf vs. Navbahor“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-avgust).
  12. „Navbahor vs. Nasaf“ (en). soccerway.com (2022-yil 30-oktyabr).
  13. „Navbahor vs. AGMK“ (en). soccerway.com (2022-yil 12-noyabr).

Havolalar

| ]
  • Doniyor Abdumannopov Soccerway saytida
  • Doniyor Abdumannopov at FootballFacts.ru (in Russian)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Doniyor Abdumannopov haqida, Doniyor Abdumannopov nima? Doniyor Abdumannopov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan